Siyosat

Toshkent obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Portfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yusupov bunga qadar Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Rustam Yusupovga Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. Tegishli farmoyishni poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov 31 yanvar kuni imzoladi.
Yusupov bunga qadar poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
U 1986 yil 12 noyabrda Namangan viloyati Chortoq tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat agrar universiteti (2008) va Oʻzbekiston prezidenti qoshidagi davlat boshqaruv akademiyasini (2020) tamomlagan. 2007 yildan 2020 yilgacha Yunusobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritgan.
2021 yilning noyabridan buyon Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Anvar Umarov 27 yanvar kuni oʻz xohishiga koʻra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0