Toshkent hayvonot bog‘idagi jonivorlarga qanday o‘yinchoqlarni sovg‘a qilish mumkin - video

© Toshkent hayvonot bog‘iToshkent hayvonot bog‘i
Toshkent hayvonot bog‘i - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent hayvonot bog‘idagi jonivorlar qanday turdagi o‘yinchoqlarni yoqtirishi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘idagi jonivorlar o‘zlari uchun atalgan yangi o‘yinchoqlarga doim xursand bo‘lishadi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bog‘dagi jonivorlarga baxt ulashmoqchi bo‘lgan tashrif buyuruvchilar, o‘zlari bilan o‘yinchoqlar va ko‘ngilochar buyumlarni olib kelishlari mumkin.

“O‘yinlar jonivorlarning jismoniy holatini saqlashda, tabiiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi va albatta zerikib qolmasliklariga yordam beradi”, - deyiladi xabarda.

Hayvonot bog‘iga topshirish mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar:
zoodo‘konlardan mushukchalar va kuchukchalar, mayda va yirik to‘tiqushlar uchun turli o‘lchamdagi o‘yinchoqlar;
sport anjomlari: pishiq koptoklar, halqalar, kegli va boshqalar;
skeytlar, bouling sharlari. (ishlatilgan bo‘lsa ham);
kanistrlar, plastik konuslar va bochkalar;
chirmashib chiqish va yastanib yotish uchun katta o‘lchamdagi g‘altaklar va simli do‘mbiralar;
baquvvat arqon yoki yog‘och bo‘laklaridan yasalgan osma belanchaklar;
tabiiy materiallardan yasalgan arqonlar;
yirik temir zanjirlar;
turli diametrdagi yong‘inga qarshi shlanglar va plastik quvurlar;
shlanglar va arqonlardan to‘qilgan o‘yinchoqlar.
Hayvonlar hayotiga xursandchilik olib kirishni istagan tashrif buyuruvchilardan har qanday yordam mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0