Prezident Andijonga tashrifini Boʻston tumanidan boshladi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".

Prezident “Sayyora favvorasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishga tushirilgan toʻqimachilik korxonasiga bordi.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Boʻston tumanidan boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tumanda yaqinda “Sayyora favvorasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan toʻqimachilik korxonasi ishga tushirilgan edi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".
Umumiy qiymati 113 milliard soʻmlik ushbu loyiha doirasida bino barpo etilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatilgan. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ortiq, yiliga 1 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Mingga yaqin mahalliy aholi ish bilan taʼminlangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".
Korxonaning “Elegance SM” brendi ostidagi sifatli, bejirim mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yoʻnaltirilgan. Yillik eksport hajmi 4 million dollar boʻlishi moʻljallangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".
“Bu korxonaga zamin yaratayotganimizda bugungiday boʻlib ketishiga koʻpchilik ishonmagandi. Boʻston iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tumanlardan edi. Mana shunday korxonalar ochilib, odamlarimiz daromad topayotgani quvonarli. Buni davom ettirib, ish oʻrinlarini koʻpaytirishimiz kerak”, - dedi Mirziyoyev.
Shu yerning oʻzida kasb-hunarga qayta tayyorlash oʻquv markazi tashkil etilgan. Unda hududdagi ishsiz fuqarolar hunar oʻrganib, oʻz yoʻlini topmoqda. Jumladan, yaqinda 200 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasbga oʻqitilib, ishga olingan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".
Prezident ular bilan suhbatda ayolning bilimli, hunarli boʻlishi oilaning katta yutugʻi ekanini taʼkidladi. Korxonaga muvaffaqiyat, ayollarga oilaviy farovonlik tiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoye predpriyatiye "Sayyora favvorasi".
Eslatib oʻtamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga joʻnab ketgandi.