Jamiyat

Oʻzbekistondan Afgʻonistonga temir yoʻl qatnovi vaqtincha toʻxtatildi

© AO "Uzbekiston temir yullari"Uzbekistan zapustil novыy konteynernыy poyezd v YES cherez Zakavkazye
Uzbekistan zapustil novыy konteynernыy poyezd v YES cherez Zakavkazye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi ikki mamlakat oʻrtasidagi “harakatlar rejasi” boʻyicha kelishilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshira olmagan.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Oʻzbekistondan Afgʻonistonga temir yoʻl qatnovi 1 fevraldan boshlab vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi ikki mamlakat oʻrtasidagi “harakatlar rejasi” boʻyicha kelishilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshira olmagan.
"Oʻtgan yilning 26-30 dekabr kunlari Termiz shahrida oʻtkazilgan muzokaralar davomida 2023 yilning 1 fevraliga qadar Afgʻoniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich Afgʻon temir yoʻllari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi boʻyicha kelishilgan edi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Soʻgʻdiyona trans” SHK va afgʻon temir yoʻl boshqarmasi oʻrtasida tomonlar bajaradigan ishlar roʻyxati ham tasdiqlangan. Ikki tomon 27 yanvarga qadar yangi shartnoma imzolanishiga kelishib olgan hamda tegishli bayonnoma imzolangan.
Maʼlumot uchun, Afgʻonistondagi Hayraton–Mozori Sharif temir yoʻli 2010 yilda qurilgan. 2011 yildan boshlab Hayraton–Mozori Sharif temir yoʻlining barcha xizmatlari “Soʻgʻdiyona Trans” SHK tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0