https://oz.sputniknews.uz/20230201/orol-dengizining-qurigan-tubida-saksovul-ekish-mavsumi-boshlandi-31884314.html
Orol dengizining qurigan tubida saksovul ekish mavsumi boshlandi
Orol dengizining qurigan tubida saksovul ekish mavsumi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Orol dengizining qurigan tubida 1,7 mln gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim kabi sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan iborat yashil qoplamalar barpo etilgan.
2023-02-01T13:57+0500
2023-02-01T13:57+0500
2023-02-01T13:57+0500
jamiyat
orol dengizi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/01/31884890_0:7:1280:727_1920x0_80_0_0_8bcca4c033a326b43f0bd041d82db172.png
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Orol dengizining qurigan tubida 2023-yil – saksovul ekish mavsumi boshlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.Qayd etilishicha, bu yil ham Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi. Ayni shu maqsadda Orol dengizining qurigan tubida saksovul ekish mavsumi boshlandi.Unga ko‘ra, 100 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari hisoblanuvchi “yashil qoplamalar” barpo etish rejalashtirilgan. Ularni barpo etish uchun jami 420 tonna saksovul, qandim, qoraburoq kabi cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘ariladi.100 gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etiladi.Zarur miqdordagi texnika va mexanizmlar, mutaxassis va ishchi xodimlar o‘rmon meliorativ tadbirlarini amalga oshirish uchun jalb etiladi.Ma’lumot uchun, hozirda Orol dengizining qurigan tubida 1,7 mln gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim kabi sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan iborat yashil qoplamalar barpo etilgan. E’tiborlisi, cho‘l o‘simliklarining ko‘karishi bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda.Eslatib o‘tamiz, Orol dengizining qurishiga oid ekologik vaziyat jahon diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi bilan Orolbo‘yi mintaqasi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilingan.O‘tgan yili O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston Orol dengizini qutqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilgan edi. Qozog‘iston tomoni Mintaqaviy suv-energetika konsorsiumini tuzishni taklif qilmoqda. Bu irrigatsiya va energetika manfaatlarini hisobga olgan holda resurslardan foydalanish imkonini beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/01/31884890_152:0:1129:733_1920x0_80_0_0_8160d514500ecc9cbc8576dcebdefbff.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
orol dengizi ma’lumot xabarlar yangiliklar saksovul sunggi
orol dengizi ma’lumot xabarlar yangiliklar saksovul sunggi
Orol dengizining qurigan tubida saksovul ekish mavsumi boshlandi
O‘zbekiston bu yil ham Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Orol dengizining qurigan tubida 2023-yil – saksovul ekish mavsumi boshlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi
xabar berdi. Qayd etilishicha, bu yil ham Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi. Ayni shu maqsadda Orol dengizining qurigan tubida saksovul ekish mavsumi boshlandi.
Unga ko‘ra, 100 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari hisoblanuvchi “yashil qoplamalar” barpo etish rejalashtirilgan. Ularni barpo etish uchun jami 420 tonna saksovul, qandim, qoraburoq kabi cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘ariladi.
100 gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etiladi.
Zarur miqdordagi texnika va mexanizmlar, mutaxassis va ishchi xodimlar o‘rmon meliorativ tadbirlarini amalga oshirish uchun jalb etiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda Orol dengizining qurigan tubida 1,7 mln gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim kabi sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan iborat yashil qoplamalar barpo etilgan. E’tiborlisi, cho‘l o‘simliklarining ko‘karishi bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Orol dengizining qurishiga oid ekologik vaziyat jahon diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi bilan Orolbo‘yi mintaqasi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilingan.
O‘tgan yili O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston Orol dengizini qutqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilgan edi. Qozog‘iston tomoni Mintaqaviy suv-energetika konsorsiumini tuzishni taklif qilmoqda. Bu irrigatsiya va energetika manfaatlarini hisobga olgan holda resurslardan foydalanish
imkonini beradi.