Kiyevni tank va samolyotlar bilan taʼminlash - NATO magʻlubiyati koʻlamini kengaytiradi
© AP Photo / Mindaugas KulbisAmerikanskiye tanki Abrams u jeleznodorojnoy stantsii Gayjyunay bliz Vilnyusa, Litva. Arxivnoye foto

© AP Photo / Mindaugas Kulbis
Maxsus harbiy operatsiya maydonida Rossiya qoʻshinlari barqaror ravishda yetakchilik qilmoqda, UQK qaltis vaziyatda. Shu sababli NATO mamlakatlari va Kiyevning boshqa donor-davlatlarini qurol yuborishga koʻndirish Vashingtonga tobora qiyin boʻlib bormoqda.
TOSHKENT, 1 fev - Sputnik. Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida strategik ilojsizlik AQSH va alyansga navbatdagi (Afgʻonistondan soʻng) geosiyosiy magʻlubiyatni taʼminlaydi. Gʻarb UQK ga qancha koʻp qurol yetkazib bersa, NATOning magʻlubiyati shu qadar kattaroq boʻladi, va amerikancha “yakkaxonlik” xomxayollari tezroq yoʻqoladi.
Ogʻir yoʻqotishlarning oʻrnini qoplash va “sharqiy jabhada” qarshi hujumni boshlash uchun Kiyev rejimi Gʻarbdan kamida 300 ta tank, 500 ta jangovar piyoda mashinasi va 200 ta NATO standartidagi qiruvchilarni talab qilmoqda. Tanklar boʻyicha Vashingtonning “konsensus” ga erishishi juda qiyin kechdi- “Leopardlar” va “Chellenjerlar”, “Bredli” va “Marder”lar Dnepr qirgʻoqlarida yonib kul boʻlish uchun kichik irmoqlar bilan turli mamlakatlardan UQKning “temir oqimiga” yetib bormoqda.
RF mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, harbiy toʻqnashuv liniyalarida har oyda oʻrtacha 700 ta UQK bronetexnikasi yoʻq qilinmoqda va shundan uchdan biri - tanklar . Gʻarbning eski qurollari yetkazilishi haqiqatni oʻzgartira olmaydi. Ukraina tankchilari zamonaviy (NATO standartlarida) tank urushini olib borishni bilmaydi, nazariyalar va amaliyotlar bilan oʻrganish uchun yillar kerak boʻladi. Harbiy ekspert, AQSH armiyasi veterani Deniel Devis OAV orqali ukrainlarga ritorik savol yoʻlladi: “Abrams yoki Leopard tanklari sizda boʻlgan T72 yoki T80 dan farqli ravishda nimani oʻzgartira oladi?!”
Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida NATO qiruvchilari bilan ishlar undanda chatoq. Yozgi tarkibni tayyorlash, jangovar foydalanish taktikasi, qoʻnish aerodromlari, texnik xizmat koʻrsatish va yoqilgʻi logistikasi- UQK va NATO uchun uddalab boʻlmas vazifalar va muammolar kompleksidir. Shu bilan birga Pentagon F-16 Ukrainaga yetkazishni oyoq tirab turib olgan. Eslatib oʻtaman, bunday samolyotlarning 900 tasi AQSH harbiy-havo kuchlari saqlash bazalarida turibdi.
Parij va Amsterdam ham oʻz taʼminotlarini istisno etmayapti. Rossiyaga qarshi har bir ishda labbay, deb turuvchi Varshava ham Kiyevga oʻzining F-16 qiruvchilarini yetkazib bermoqchi. Germaniyaning “temir kantsleri” Olaf Sholts har doimgidek ikkilangan, biroq qiruvchilar yetkazib berish gʻoyasini Myunxen konferentsiyasining xavfsizlik boʻyicha rahbari Kristof Xoysgen iliq qoʻllab-quvvatlamoqda. Yevroparlamentda : “Rossiya tahdid qilmoqda, u butunlay yoʻq qilinishi kerak” shiorlari yangramoqda. Biroq, faqatgina AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga F-16 yetkazishga keskin qarshilik koʻrsatmoqda. Nega?
AQShning Yevropadagi ittifoqchilari oʻz ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlari parkiga ega, ammo bu boshqa masala. Amerikaliklarning misoli - alyans samolyotlarini yetkazib berishga embargo qoʻyish bilan barobar. Gʻarbda rus qiruvchi samolyotlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari dushmanning istalgan jangovar samolyotlarini “yer bilan yakson qilishga” qodir degan tushunchalar shakllandi – 11oy ichida maxsus operatsiya zonasida UQK ning 380 dan ortiq samolyoti va 200 vertolyoti yoʻq qilindi.
Yaqinda Artyomovsk/Baxmutda boʻlgan sobiq bosh prokuror Yuriy Lutsenkoning soʻzlariga koʻra, UQK uchun vaziyat keskin oʻzgargan va Ukraina “maksimal safarbarlik” boʻlmasligi ham mumkin. Biroq, koʻp sonli safarbar qilingan Ukraina fuqarolari qoʻshinlarning sifatiga taʼsir qilmaydi. UQKning yuz minglab halok boʻlgan va yaralangan harbiy xizmatchilari. Shuning uchun - maxsus tayyorgarlik, intizom, motivatsiya va jangovar ruh darajasining tabiiy pasaygan.
Jangovar toʻqnashuv liniyasida oʻt ochishda Rossiya artilleriyasining oʻn barobar ustunligi Ukraina armiyasining eng yirik safarbarlikdan soʻng ham taqdirini yuqori aniqlikda bashorat qilish imkonini beradi. Vashington soʻnggi ukrain askari qolguncha Rossiya bilan proksi-urushni davom ettirmoqchi, keyinchi?
AQSH va NATO haqiqiy strategiyaga ega emas, Gʻarbda hech kim keyin nima boʻlishini bilmaydi. Alyans mamlakatlari uchun eng murakkab muammo - Rossiyaning eng katta yadroviy arsenali. AQSH armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi Mark Milli yaqin kelajakda Ukraina uchun (yaʼni Pentagon va NATO uchun) muvaffaqiyatli harbiy yoʻlni koʻrmayotganini tan oldi.
Rus qoʻshinlarining quruqlikdagi va osmondagi ustunligi shak-shubhasizdir. Hatto Kiyevga uzoqligi 300 km gacha boʻlgan ATACMS raketalarining yetkazilishi ham kuchlar muvozanatini oʻzgartirmaydi. Baribir Rossiya – Iroq ham emas, Liviya ham emas. Ukraina mojarosi AQSH va NATO zaxiralarini tugatdi, yoʻqotishlarni toʻldirish uchun esa bir necha yillar kerak boʻladi.
Boshqa tomondan, "Kinjal" gipertovushli raketa tizimi Belarus va Rossiya Qurolli Kuchlarining qoʻshma taktik parvoz mashgʻulotlarida ishtirok etadi - 500 kg ogʻirlikdagi jangovar kallak uchun 2000 km masofada daxlsiz nishonlar deyarli yoʻq. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg maʼlumotlariga koʻra, Moskva “qurollar va oʻq-dorilarni ishlab chiqishni faol koʻpaytirmoqda”, Rossiya harbiy operatsiyasi yangi hujumga tayyorlanmoqda. Alyansning Ukraina uchun barcha harakatlari, koʻplab oʻnlab milliard dollarlar va yevrolar havoga sovurildi. Amerika “gegemoniyasi” xomxayollari uchun Rossiya bilan termoyadroviy urush yoqasida xavfli qarama-qarshilik rivojlanmoqda. Bu aqlsiz insonlar esa dunyoga qandaydir “qoidalar”ni oʻrnatishga urinishmoqda.