https://oz.sputniknews.uz/20230201/aqsh-xohlasa-kievni-bir-kunda-muzokara-stoliga-otqizadi--matvienko--31903901.html
AQSh xohlasa, Kiyevni bir kunda muzokara stoliga o‘tqizadi – Matviyenko
AQSh xohlasa, Kiyevni bir kunda muzokara stoliga o‘tqizadi – Matviyenko
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Federatsiya kengashi raisi qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmining ko‘payishi “hech qanday holatda tinchlikka chaqirish emasligini” ta’kidladi. 01.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-01T18:36+0500
2023-02-01T18:36+0500
2023-04-05T18:43+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
aqsh
ukraina
valentina matviyenko
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0a/25194902_0:0:3063:1723_1920x0_80_0_0_34b36e97a10e58d139d7089a7a9df7ad.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari agar xohlasa, Kiyevni bir kunda muzokara stoliga o‘tqizardi, lekin ular buni ataylab qilmaydi, deydi Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko.Spiker, shuningdek, “agar ular (AQSh – tahr.) tinchlikni istasa, Kiyevni Minsk kelishuvlarini bajarishga har tomonlama majbur qilishini” qo‘shimcha qildi.Matviyenko, shuningdek, qurol-yarog‘, jumladan, hujumkor qurollar yetkazib berish hajmining ko‘payishi “hech qanday holatda tinchlikka chaqirish emasligini” ta’kidladi.Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun Rossiya NATO davlatlariga nota yubordi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etdi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0a/25194902_0:0:2671:2003_1920x0_80_0_0_c33d00abee5cbcec0771d1e78ef4be4d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, ukraina, valentina matviyenko, rossiya
aqsh, ukraina, valentina matviyenko, rossiya
AQSh xohlasa, Kiyevni bir kunda muzokara stoliga o‘tqizadi – Matviyenko
18:36 01.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Rossiya Federatsiya kengashi raisi qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmining ko‘payishi “hech qanday holatda tinchlikka chaqirish emasligini” ta’kidladi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari agar xohlasa, Kiyevni bir kunda muzokara stoliga o‘tqizardi, lekin ular buni ataylab qilmaydi, deydi Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko.
“AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga turlicha munosabatda bo‘lish mumkin, lekin menimcha, u juda to‘g‘ri aytdi: “Agar Amerika Qo‘shma Shtatlari xohlasa, ularni bir kunda muzokaralar stoliga o‘tqizardi”. Menimcha, bu to‘g‘ri aytilgan fikr. Ular buni atayin qilmayapti”, - dedi Matviyenko.
Spiker, shuningdek, “agar ular (AQSh – tahr.) tinchlikni istasa, Kiyevni Minsk kelishuvlarini bajarishga har tomonlama majbur qilishini” qo‘shimcha qildi.
“Ular bu mojaroga barham berishdan manfaatdor bo‘lmagani uchun bu ishni ataylab qilmayapti, ular Rossiya taraqqiyotini sekinlashtiramiz, degan xomxayolni o‘zida saqlab qolishda davom etmoqda”, - dedi parlament yuqori palatasi raisi.
Matviyenko, shuningdek, qurol-yarog‘, jumladan, hujumkor qurollar yetkazib berish hajmining ko‘payishi “hech qanday holatda tinchlikka chaqirish emasligini” ta’kidladi.
“Bizning pozitsiyamiz aniq, tushunarli va shaffof: biz va’dalarga emas, muzokaralarga tayyormiz”, - dedi Federatsiya kengashi spikeri.
Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun Rossiya NATO davlatlariga nota yubordi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etdi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi.