Xitoy karantin cheklovlarini olib tashlagach, o‘lim ko‘rsatkichlari soni o‘sa boshladi - JSST

© AP Photo / Cha Song HoShkolnitsa v maske dezinfitsiruyet ruki pered vxodom v srednyuyu shkolu № 2 Kumson v Pxenyane
Shkolnitsa v maske dezinfitsiruyet ruki pered vxodom v srednyuyu shkolu № 2 Kumson v Pxenyane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi yig‘ilishida COVID-19 pandemiyasini tugatish masalasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Xitoyda keskin karantin cheklovlari olib tashlangach, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari soni kutilmaganda keskin o‘sa boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) tayanib xabar berdi.
Tashkilotning navbatdagi yig‘ilishida COVID-19 pandemiyasini tugatish masalasi muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, avvalroq JSST tomonidan koronavirus bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat 2023-yilda yakunlanishiga umid bildirilgandi. Ammo prognozlar o‘zini oqlamadi.
Xitoyda keskin karantin cheklovlari olib tashlangach, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari soni kutilmaganda keskin o‘sa boshladi. Xususan, 2022-yil dekabr oyi boshidan joriy yil yanvar oyi o‘rtalarigacha bu yerda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 60 ming nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.
Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, bu dunyodagi epidemiologik vaziyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jumladan, so‘nggi sakkiz haftada jahon bo‘yicha koronavirus tufayli 170 ming kishi vafot etgan va ushbu raqamlar xavotirlanish uchun asosli.

“Hozir pandemiya e’lon qilingan dastlabki davrlarga nisbatan yaxshiroq vaziyatdamiz. Ammo hali global xatar chekingani yo‘q. Chunki dunyo aholisi yetarli darajada emlanmagan”, - deydi JSST rahbari.

Yangiliklar lentasi
0