Rossiyada 38 ta yashirin qurolsozlik ustaxonalari fosh etildi - video

Obuna bo‘lish
Rossiyaning 38 ta hududida yashirin qurolsozlik ustaxonalari faoliyati fosh etildi, 250 dan ortiq qurol musodara qilindi.
TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Federal Xavfsizlik xizmati bir necha hududlarda yashirin qurolsozlik ustaxonalari faoliyatiga chek qo‘ydi.

“Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Rossiya gvardiyasi bilan hamkorlikda mamlakatning 38 ta subyektida 93 nafar fuqaroning jinoiy faoliyatini to‘xtatdi. Ular yashirin ustaxonalarda noqonuniy qurol yasash va ularni sotish bilan shug‘ullangan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor operatsiya natijasida mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan 253 dona o‘qotar qurollar: 10 ta pulemot, 17 ta avtomat, 106 ta to‘pponcha va revolver, 94 ta miltiq va karabinalar, 11 ta granata va o‘q otgichlar, 89 ta qo‘l granatalari, 83 ta qo‘l granatalari musodara qilingan.
Undan tashqari turli kalibrli artilleriya o‘q-dorilari, 316 ta detonatorlar, 160 kilogrammdan ortiq portlovchi moddalar (porox, trotil), 40 mingdan ortiq turli kalibrli patronlar, o‘qotar qurollarning asosiy qismlari ham topilgan.
Qurol-yarog‘larni tuzatish, modernizatsiya qilish va o‘q-dorilar tayyorlash bo‘yicha 38 ta yashirin sexlari faoliyati to‘xtatilgan.
Yangiliklar lentasi
0