Siyosat

Prezident qator vazirlik va qoʻmitalarga rahbarlar tayinladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev /  / Mediabankka oʻtishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti qarori bilan 10 dan ortiq vazirliklar rahbarlariga oʻrinbosarlaritayinlandi.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining qarori bilan qator vazirlik va qoʻmitalarga rahbarlar tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Madaniyat va turizm vazirida lavozimga tayinlanganlar:
Bahodir Ahmedov - madaniyat va turizm vazirining oʻrinbosari;
Murodjon Madjidov - madaniyat va turizm vazirining oʻrinbosari;
Firdavs Abduxalikov - madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori;
Rustambek Kurbanov - Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi.
Madaniyat va turizm vazirida lavozimdan ozod etilganlar:
Baxtiyor Ibragimov - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining oʻrinbosari;
Nusratilla Zikrillayev - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining oʻrinbosari;
Botirjon Shahriyorov - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining oʻrinbosari;
Umidjon Qoʻqonboyev - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan madaniyat vazirining oʻrinbosari.
Transport vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Abdurahmon Abduvaliyev - Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi;
Tohir Nazarov - Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori;
Doniyor Ahmedov - Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasi boshligʻi;
Faxriddin Salixov - Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi boshligʻi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Oleg Pekos - raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari;
Jamol Maxsudov - raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosari;
Rustam Karimdjonov - raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosari;
Shuhrat Qodirov - Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori;
Aʼzam Abdullayev - Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspektsiyasi boshligʻi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosarlari Doniyor Rustamov va Jamshid Egamberdiyevlar boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Togʻ-kon va geologiya vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Omonullo Nasritdinxodjayev - togʻ-kon va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari;
Aʼzam Qodirxodjayev - togʻ-kon va geologiya vazirining oʻrinbosari;
Azizxoʻja Qobilov - togʻ-kon va geologiya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shamsiddin Alimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Durdona Rahimova - yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari;
Shahrillo Maxmudov - yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari;
Murad Ismailov - yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari.
Abdullo Aslonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Tabiat resurslari vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Obidjon Qudratov - tabiat resurslari vazirining birinchi oʻrinbosari;
Jusipbek Kazbekov - tabiat resurslari vazirining oʻrinbosari;
Sherzod Habibullayev - Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Erkin Muhitdinov - kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari;
Jamshid Abruyev - kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari;
Raʼno Turdiboyeva - kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari;
Mirzohid Ubaydullayev - Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori;
Ozoda Parpibayeva - Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va hotin-qizlar qoʻmitasi raisi.
Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirliklarida lavozimdan ozod etilganlar:
Bahodir Umurzakov - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari;
Sodiqjon Turdiyev - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari;
Abdulla Tursunov - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari;
Muxtar Muhitdinov - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari;
Nodira Egamberdiyeva - boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oila va hotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
Suv xoʻjaligi vazirligida lavozimiga tayinlanganlar:
Baxtiyor Kamalov - suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari;
Dilshodjon Xodjiaxmedov - suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari;
Zafar Irisboyev - Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obʼyektlari xavfisizligini nazorat qilish inspektsiyasi boshligʻi.
Shu bilan birga, Baxodir Yusupaliyev SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Anvar Alimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi.
Qolaversa, prezident qarori bilan Agzam Ikramov va Zohidjan Ziyayev Statistika agentligi direktorining oʻrinbosarlari etib tayinlandi.
Konvertы i ruchka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2023
Siyosat
Taʼlim vazirliklarida vazir oʻrinbosarlari tayinlandi - prezident qarori
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 25 yanvar kuni eʼlon qilingan 14-sonli farmoniga muvofiq qator byudjet va nobyudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan boshqaruv va ishlab chiqarish muassasalari xodimlari soni qisqartirilgan edi.
Hujjatga koʻra, jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda. Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga kamaytirilmoqda. Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositasi va 10 ta bino ham boʻshashi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0