Pekin AQShning Xitoyga qarshi urush rejalariga javob qaytardi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Shanxay
Goroda mira. Shanxay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
OAV: AQSh armiyasi haqiqatan ham Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroga tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan urush uchun juda qimmat haq to‘lashga majbur bo‘ladi. Bu haqda "Xuansyu shibao" sharhlovchisi Yuan Saotsun yozmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti.
Uning fikricha, AQSh harbiylarining Xitoy bilan bo‘lajak urush haqidagi balandparvoz bayonotlarini aqldan ozganlarning bema’niligi sifatida qabul qilmaslik kerak, ular Vashingtonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi haqiqiy niyatlarini aks ettiradi.
AQSh armiyasi haqiqatan ham Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroga tayyorlanmoqda, deya qo‘shimcha qildi muallif.
“Oq uy Pekinni qanchalik ko‘p urushga chorlasa, Vatanni himoya qilishga va milliy mudofaani mustahkamlashga shunchalik qat’iyatli bo‘ladi. Amerika Xitoyni yuqori texnologiyalar sohasida qanchalik qamal qilsa, uning mustaqil innovatsiyalar, tadqiqot va ishlanmalarga bo‘lgan intilishi shunchalik kuchayadi. Harbiy darajadami yoki ilm-fan va texnologiya sohasidami, AQShning Xitoyni bostirish harakatlari ularga to‘lashi kerak bo‘lganidan ancha kam foyda keltiradi”, — deya ta’kidladi kuzatuvchi.
Avvalroq AQSh Harbiy-havo kuchlari Mayk Minixan o‘z qo‘li ostidagilarni 2025-yilda Xitoy bilan urushga hozirlanishga chaqirgandi. Amerika davlat kotibi Entoni Blinkin yanvar oyida Yaponiyaga qilgan safari chog‘ida Xitoyni AQSh uchun eng kuchli strategik tahdid deb atagandi.
Yangiliklar lentasi
0