Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Oʻzbekistonliklarning Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddati uzaytirildi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka oʻtishKontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana, arxivnoye foto
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston fuqarolari chegarani kesib oʻtgan kundan 30 kun davomida Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan yurishlari mumkin.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari oʻrtasidagi “Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisida”gi bitimga oʻzgartirish kiritilib, Oʻzbekiston fuqarolarining ushbu davlatga kirishi, boʻlishi va chiqib ketishi tartibi oʻzgardi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Endi Oʻzbekiston fuqarolari chegarani kesib oʻtgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan boʻlishi mumkin.
Ammo umumiy boʻlish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kundan, yaʼni 6 oy davomida 3 marta kirib-chiqishi va jami boʻlish muddati 3 oydan koʻp boʻlmasligi kerak.
Bu yangi qoida Qozogʻistonga 2023 yil 27 yanvardan keyin kirgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Avvalroq Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻistonda 30 kungacha roʻyxatdan oʻtmasdan qolishi mumkin boʻlishi xabar qilingan edi.
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonga ishlash maqsadida boruvchi Oʻzbekiston fuqarolari uchun 1 oy davomida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat koʻrsatish markazida roʻyxatga kiritib, 3 oy muddat uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.
Yangiliklar lentasi
0