Jamiyat

Oʻzbekistonda metan "zapravka"lar qachon ishga tushishi maʼlum qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishPunkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo
Punkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Taxminan 2-3 kunda respublikadagi barcha metan shoxobchalar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda metan "zapravka"lar bosqichma-bosqich ishga tushadi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Aytilishicha, 30 yanvardan boshlab ayrim avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stantsiyalari faoliyati qayta tiklandi.
Metan "zapravka"lar hozircha maʼlum grafik asosida ishlab turadi.

Gaz bosimi meʼyoriga kelishiga qarab (taxminan 2-3 kunda) respublikadagi barcha shoxobchalar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.

Eslatib oʻtamiz, 12 yanvar kuni Oʻzbekistonda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan edi.
“Oʻztransgaz” 19 yanvar kuni shoxobchalar ob-havo harorati koʻtarilganidan soʻng ishlay boshlashini maʼlum qilingan. Viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda ayrim AGTKSH kunning maʼlum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha xizmat koʻrsatgan.
Yangiliklar lentasi
0