https://oz.sputniknews.uz/20230131/jamoat-transporti-sohasida-yangi-tizim-joriy-etiladi-31873016.html
Tushum “plani” bo‘lmaydi: jamoat transporti sohasida yangi tizim joriy etiladi
Tushum “plani” bo‘lmaydi: jamoat transporti sohasida yangi tizim joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Avtobuslardagi kunlik tushum “plani” amaliyoti bekor qilinadi. Aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini joriy qilish rejalashtirilmoqda. 31.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-31T19:32+0500
2023-01-31T19:32+0500
2023-01-31T19:55+0500
jamiyat
avtobus
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1430/67/14306701_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_36e084347decfb58bf559e40c3bdc9ab.jpg
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahri va viloyat markazlarida jamoat transportining yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.Davlat rahbari bu sohada muammolar to‘planib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini o‘zgartirish zarurligini qayd etdi.Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yo‘nalishlari ishlamayotgani, bekatlar yetishmasligi ko‘rsatib o‘tildi.Transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yo‘lovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.Shu munosabat bilan prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.Xizmat sifatiga avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim bo‘ladi.Bunda tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli to‘lovni oladi.Shu paytgacha bo‘lgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.Bundan tashqari, aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1430/67/14306701_119:0:2850:2048_1920x0_80_0_0_679c15d233c8a1faf837bfa34de84621.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, avtobus, o‘zbekiston
jamiyat, avtobus, o‘zbekiston
Tushum “plani” bo‘lmaydi: jamoat transporti sohasida yangi tizim joriy etiladi
19:32 31.01.2023 (yangilandi: 19:55 31.01.2023) Avtobuslardagi kunlik tushum “plani” amaliyoti bekor qilinadi. Aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini joriy qilish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahri va viloyat markazlarida jamoat transportining yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish
o‘tkazildi. Davlat rahbari bu sohada muammolar to‘planib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini o‘zgartirish zarurligini qayd etdi.
Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yo‘nalishlari ishlamayotgani, bekatlar yetishmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yo‘lovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.
Shu munosabat bilan prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.
Endi mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.
Xizmat sifatiga avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim bo‘ladi.
Bunda tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli to‘lovni oladi.
Shu paytgacha bo‘lgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Bundan tashqari, aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.