Jahongir Ortiqxo‘jayev senatorlar qatoridan chiqarildi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentXokim goroda Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev
Xokim goroda Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Qarorda Ortiqxo‘jayevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish belgilangan.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni senatorlar qatoridan chiqardi. Tegishli qaror 30-yanvar kuni qabul qilindi.

“Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Jahongir Abidovich Ortiqxo‘jayevning Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan hamda Senat a’zosi sifatida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin”, - deyiladi MSK qarorida.

Qarorda Ortiqxo‘jayevning O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev 16-yanvar kuni qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun poytaxt hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0