Isfahondagi zavodga uyushtirilgan dronlar hujumi ortida kim turibdi?
© Sputnik / Anton BыstrovFlagi Irana na odnoy iz ulits Tegerana.

© Sputnik / Anton Bыstrov
Yirik uglevodorodlar zaxirasi va yadroviy dastur Eron suverenitetini mustahkamlaydi va Amerika “gegemoniya”siga soya soladi.
TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. AQSH va uning eng Yaqin Sharqdagi vassali – Isroil sarosimada. Vashington va Tel-Avivning Tehron bilan harbiy tahdidlar yoki Eronning harbiy sanoat komplekslariga dron bilan zarba berish bilan olib borayotgan “muzokara”lari buzgʻunchi xarakterga ega. Va Yaqiy Sharq, Janubiy Kavkaz, Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarida harbiy eskalatsiyalar uchun asoslar yaratdi.
Eron mudofaa vazirligi 29 yanvarga oʻtar kechasi Tehrondan 300 km janubda joylashgan Isfahondagi oʻq-dori ishlab chiqarish markaziga uchta dron zarbasi berilgani haqida maʼlum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan, deya tan olgan – mini dronlar nishonga yetib bormagan (bittasi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan, ikkitasi – obʼyektning chegara panjaralarida portlagan). Tsex xodimlari va jihozlariga zarar yetkazilmagan. OAV Hamadon va Karaj shaharlaridagi mudofaa korxonalarida, Ozar shahrdagi neftni qayta ishlash zavodida ham portlashlar eshitilganini xabar qildi (Tehron bu maʼlumotni tasdiqlamadi).
Dronlarning kimga tegishli ekani rasman tasdiqlanmagan, biroq Sharq va Gʻarb axborot manbalari bir ovozdan hujum tashkilotchisi va manfaatdori AQSH va Isroil deb hisoblamoqda.
"Defence Express" sunʼiy yoʻldoshdan olingan yangi suratlarni eʼlon qoldi va unda Eronning Isfahon shahridagi "Shahed-136" zarba beruvchi dronlarni ishlab chiqarish joyida ekanligini koʻrish mumkin. Taʼkidlash joiz, Eronning oʻta muhim ishlab chiqarish quvvati chuqur yer ostida joylashgan. Bunday komplekslarga zarar keltirish uchun yuqori quvvatli beton teshuvchi oʻq-dorilar (yoki yadro quroli) kerak. 29 yanvar kuni amalga oshirilgan ushbu dron hujumi yoki “yashirin zarba” ogohlantirishga oʻxshaydi. Tehron bosqinchilik harakati javobsiz qolmasligini bildirdi.
Eron Mudofaa vazirligi ushbu nifoq mamlakat hayotiga taʼsir qilmasligini bildirdi. Eron TIV rahbari Amir Abdollahiyon dron hujumini “hatto oʻz hatti-harakatiga javob bera olmaydiganlar tomonidan qoʻrqoqlarcha harakat”, - deb aytdi va qoʻshimcha qildi: “Bu bizni oʻz mamlakatini himoya qilish uchun yadroviy dasturdan voz kechishga aniq majbur qila olmaydi”. Pentagon vakili Patrik Rayder AQSH Eron hududidagi obʼyektlarga amalga oshirilgan hujumlarda aloqasi yoʻq ekanini aytdi. Davlat kotibi Entoni Blinken kelajakda Eronga harbiy stsenariylar ehtimoli haqida soʻzladi: “Biz Eronga nisbatan hech qanday stsenariylar, jumladan, harbiy stsenariylarni ham inkor etmaymiz. Barcha imkoniyatlar ochiq. Biroq hozircha biz uchun diplomatik imkoniyatlar afzal hisoblanadi”.
Amerika diplomatiyasining haqiqatlari shundaki, aynan Vashington bir tomonlama tartibda bahona qilib 2018 yil Tehron bilan yadroviy “kelishuv”dan chiqqan va diplomatiyaga qaytganicha yoʻq. Eron yadroviy yoqilgʻini boyitish boʻyicha yangi ish tsikli bilan javob berdi. Oʻtgan yilning kuzida Isroil mudofaa vaziri Benni Gants Eron yadro bombasi 2023 yil boshida paydo boʻlishini bashorat qilgan edi, prezident Jozef Bayden esa harbiy amaliyot Tehronga qarshi soʻnggi chora boʻlishini tan oldi. Tel-Aviv qoʻshni Suriya va Livanda Eron kuchlari borligidan xavotirda. Ommaviy qirgʻin qurollari Tehronni Yaqin Sharq, Janubiy Kavkaz, Markaziy va Janubiy Osiyo uchun soʻzsiz “kuch markazi”ga aylantiradi. Eronning haqiqiy suvereniteti AQSH uchun mamlakat ichkarisidan uglevodorodlarni ulushli nasoslar orqali chiqarish istiqbollarini abadiy yopadi.
"Juniper Oak 23" final akkordi
Yaqinda, “betonlangan yerda” 140 samolyot, Amerikaning qariyb 6400 va Isroilning 1500 nafar harbiylari ishtirokida "Juniper Oak" Amerika-Isroil manyovrlari boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotlar afsonasiga koʻra, artilleriya otishmalari, dengiz operatsiyalari olib borilgan. Amerika va Isroil beshinchi avlod qiruvchilari birgalikda mashgʻulotlar oʻtkazgan. "USS George HW Bush" aviatashuvchi zarba guruhi boshqaruv va nazorat bilan shugʻullangan, uchuvchisiz uchish apparatlarini, V-52N strategik bombardimonchilarni yadroviy kallaklarni, reaktiv qiruvchilar va HIMARS tizimlari bilan integratsiyalagan. Toʻrt kun davomida qoʻshinlar poligonlarda 81 tonna oʻq-dorilardan tayyorlangan.
"Juniper Oak 23" manyovrlari Isroil armiyasining AQSH Markaziy qoʻmondonligi bilan 18 oylik integratsiyasini namoyish etdi. Va 29 yanvar kuni Eron hududiga dronlarning hujumi tasodif emas, balki qoʻshma mashgʻulotlarning final akkordi – ommaviy raketa zarbalarini mini dronlar bilan sahnalashtirish orqali ishlab chiqish hisoblanadi. Maʼlumki, Isroil Harbiy-havo kuchlari Eronning mustahkam yadroviy obʼyektlari va raketa bazalarini yoʻq qilishga qodir emas. Shu sababli taxminiy operatsiyalarda AQSH bombardimonchilari (ayniqsa, kam koʻrinadigan "V-2 Spirits") ishtirok etishi muhim hisoblanadi.
Eron harbiy havo kuchlariga zamonaviy Su-35 qiruvchilari bilan taʼminlanishi Vashington va Tel-Avivning imkoniyatlarini cheklaydi. Harbiy mojarolar ehtimoli ortib bormoqda. Isroilda markaziy razvedka boshqarmasii rahbari Uilyam Bernsning uzoq vaqtdan buyon boʻlib turgani ham bejizga emas.
Tehron assimmetrik tarzda javob berishga qodir, ayniqsa, oʻtgan uch yilda Tel-Aviv Eronning yadroviy dasturiga aloqador harbiy amaldorlar va olimlarni likvidatsiya qilishga ancha zoʻr berdi. Eron avvalroq oʻzining koʻp bilinmaydigan razvedka dronlarini Isroil osmonida koʻp sonli operatsiyalarda harakatlantirgan edi. Va markaziy razvedka boshqarmasi bunga juda keskin munosabat bildirdi. 2020 yil yanvar oyida general Qosim Sulaymoniy AQShning Iroqdagi armiya obʼyektlariga raketa zarbalari bergan. Unda ("Military Watch Magazine" nashri maʼlumotlariga koʻra) 100 nafardan ortiq amerikalik harbiylar yoʻq qilingan. Agar Eron 29 yanvardagi hujumni Isroil tashkillashtirganini aniqlasa, keskinlik ortishi tayin. Eron dronlari har qanday murakkablikdagi vazifalarni bajara oladi.
Islom Respublikasi Qurolli kuchlari – ancha qudratli. Eron oliy rahbarining maslahatchisi Kamol Xaroziy avvalroq mamlakat “atom qurolini yaratish uchun texnik imkoniyatlarga ega” va “Isroil hududiga zarba berish” uchun keng koʻlamli mashgʻulotlar oʻtkazganini aytdi.
Harbiy mojaro koʻplab qoʻshni davlatlarga, jumladan, shundoq ham “qaynayotgan” Ozarbayjon va Armanistonga taʼsir qilishi mumkin. Ozarbayjon Isroil bilan qalin munosabatlarda. "Politico" nashri Togʻli Qorabogʻ mojarosi fonida Ozarbayjon va Eron oʻrtasidagi keskinlikni qayd etdi: “Eron dengizga chiqa olmagan, xavf ostida boʻlishi mumkin boʻlgan Armaniston bilan 44 kilometrlik chegarasini saqlab qolish niyatida”.
Va soʻnggisi. Ukrainaning 29 yanvar voqealarga munosabati esa karikaturaga oʻxshaydi. Kiyev rejimi Erondagi teraktni “Rossiya siyosatini qoʻllab-quvvatlash oqibati” deb hisoblamoqda. UQK axborot xizmati hatto Tehron Moskvaga yordam berishni toʻxtatishiga umid bildirdi (bunday qoʻllov esa hech kim tomonidan tasdiqlanmagan). 30 yanvar kuni Eron TIV Ukrainaning Islom Respublikasidagi elchisini chaqirtirdi. Bunga Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning “Ukraina sizni ogohlantirgan edi” qabilida Kiyevning Isfahondagi hujumga aloqadorligini bilvosita tan olgan bayonotlari sabab boʻlgan.