https://oz.sputniknews.uz/20230131/hasharotlarga-qarshi-dorilarni-pullayotgan-soxta-xodimlar-paydo-boldi---sanepidxizmat-31850191.html
Hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan soxta xodimlar paydo bo‘ldi - Sanepidxizmat
Hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan soxta xodimlar paydo bo‘ldi - Sanepidxizmat
Sputnik O‘zbekiston
O‘zini Sanepidxizmat xodimlari deya tanishtirayotganlar firibgarlik yo‘li bilan kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotishmoqda. 31.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-31T11:59+0500
2023-01-31T11:59+0500
2023-01-31T11:59+0500
jamiyat
sanitariya-epidemiologiya xizmati
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0e/22730521_0:184:2987:1864_1920x0_80_0_0_5f5691a48b0eb440db4e670711d5e352.jpg
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Poytaxt Toshkentda hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan soxta xodimlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (Sanepidxizmat) xabar berdi.Qayd etilishicha, Toshkentning Mirobod tumanidagi Movarounnahr mahallasi aholisiga o‘zlarini “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi xodimimiz” deya tanishtirib, turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar paydo bo‘lgan.O‘zini Sanepidxizmat xodimlari deya tanishtirayotganlar firibgarlik yo‘li bilan kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotishmoqda.Zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan shaxslardan quyidagi ma’lumotlarni so‘rash lozimligi eslatilgan:Shuningdek, fuqarolardan yuqoridagi vaj asosida bu shaxslar murojaat qilganda Sanepidxizmatning 78 8880101 (050) ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqami yoki Toshkent shahar IIB va hududiy bo‘limlariga zudlik bilan xabar berish so‘ralgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0e/22730521_128:0:2859:2048_1920x0_80_0_0_7a91b7c49cb49e9ee0eeb99349c74ec8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sanitariya-epidemiologiya xizmati, toshkent
jamiyat, sanitariya-epidemiologiya xizmati, toshkent
Hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan soxta xodimlar paydo bo‘ldi - Sanepidxizmat
O‘zini Sanepidxizmat xodimlari deya tanishtirayotganlar firibgarlik yo‘li bilan kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotishmoqda.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Poytaxt Toshkentda hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan soxta xodimlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (Sanepidxizmat)
xabar berdi. Qayd etilishicha, Toshkentning Mirobod tumanidagi Movarounnahr mahallasi aholisiga o‘zlarini “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi xodimimiz” deya tanishtirib, turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar paydo bo‘lgan.
O‘zini Sanepidxizmat xodimlari deya tanishtirayotganlar firibgarlik yo‘li bilan kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotishmoqda.
“Soxta Sanepidxizmat xodimlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Dezinfeksiya stansiyasi va tuman hududiy bo‘limlarida faoliyat yuritmaydi”, - deyiladi xabarda.
Zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan shaxslardan quyidagi ma’lumotlarni so‘rash lozimligi eslatilgan:
qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi;
zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishga asos.
Shuningdek, fuqarolardan yuqoridagi vaj asosida bu shaxslar murojaat qilganda Sanepidxizmatning 78 8880101 (050) ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqami yoki Toshkent shahar IIB va hududiy bo‘limlariga zudlik bilan xabar berish so‘ralgan.