Bugun O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Bugun faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5...+10 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +8...+10 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0