Amerika imi-jimida oltin sotib olmoqda. Dollar kuni bitishiga oz qoldimi? Ekspert

Obuna bo‘lish
O‘tgan yil dunyoda so‘nggi 60-yil hisobida rekord miqdorda oltin sotildi, asosiy xaridor - noma’lum. Dunyo dollardan voz kechib, oltin standartiga qaytmoqdami?
TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Hamma to‘y bilan, bo‘ri qo‘y bilan deganlaridek, butun dunyoning e’tibori Ukrainaga qaratilgan bir vaqtda AQSh ortiqcha shovqinsiz jahon bozorida yirik miqdorda oltin sotib olish bilan shug‘ullanmoqda.
Bu haqida iqtisod fanlari doktori, xalqaro moliya bo‘yicha MGIMO sobiq professori Valeriy Katasonov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida hikoya qilib berdi.

Iqtisodchi so‘zlariga ko‘ra, 2022-yil jahon bozorida 1960-yillardan buyon kuzatilgan rekord miqdorda oltin sotilgan.

Shu o‘rindi iqtisodchi 1960-yillarda, dunyoda “Oltin-dollar standarti” amal qilgani va oltin xalqaro savdoda pul vazifasini bajargani tufayli davlatlar orasida savdoda yirik miqdorda oltin sotish va sotib olish tabiiy holat bo‘lganini eslatib o‘tdi.

Katasonov oltin savdosi avjiga chiqishida yana bir qiziq faktga e’tibor qaratdi. Umumjahon oltin kengashi (WGC) stastistik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda xarid qilingan oltinning faqat 25 foizining xaridorlari nomi ma’lum, qolgan 75 foizi - o‘z nomini sir tutishni ma’qul ko‘rgan.

Ya’ni, boshqacha qilib aytganda kimdir ortiqcha shovqinsiz ko‘p miqdorda oltin sotib olmoqda. Bir vaqtning o‘zida dunyodagi yirik OAVlar oltin – bu eski standart, oltin standartiga qaytish zamon talabiga javob bermaydi kabi maqolalar chop etmoqda. Ehtimol, ularning maqsadi oltin narxini tushurishdir.
Va hozircha bu ish bermoqda - neft, gaz, rangli metallar narxi o‘sib borayotgan bir vaqtda oltin narxi deyarli o‘smayapti. Bu, albatta, “pul egalarining” ishi. Pul egalari deganda men AQShni nazarda tutayapman. Ular imi-jimida jahon bozoridan oltinni past narxlarda sotib olmoqda. Demak, dollar uzoq vaqt xalqaro savdo valyutasi sifatida saqlanib qolishiga ularning o‘zi ham ishonmaydi va imkon qadar qog‘ozlarni qimmatbaho metallga almashtirib olmoqda.
Buni barcha yirik davlatlar ham allaqachon tushungan va dollardan bosqichma-bosqich voz kechishni boshlagan.

AQShning eng yirik kreditorlari – Xitoy va Yaponiya asta sekin o‘zlarning dollarda saqlanayotgan zaxiralar miqdorini kamaytirmoqda. Aytish joizki, bu ishda Yaponiya Xitoyga qaraganda peshqadamlik qilmoqda.

Osiyo davlatlaridan tashqari Saudiya Arabistoni ham ushbu yo‘nalish bo‘yicha ketmoqda va AQSh valyutasidagi zaxiralaridan va yangi investitsiyalardan voz kechmoqda.
Dollar qulashi sekin-asta yoki bir zumda sodir bo‘lishi mumkin, lekin bu muqarrar. Bugun bo‘lajak inqirozning barcha belgilari kuzatilmoqda. Jahon iqtisodida shunga o‘xshash o‘zgarishlar 1960-yillarda neft-dollar standarti paydo bo‘lishidan bir necha yil oldin ham kuzatilgan edi. Men buni yaxshi eslayman, deydi Katasonov.
To‘liq intervyuni rus tilida Sputnik videolavhasida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0