https://oz.sputniknews.uz/20230130/rossiya-ozbekistonga-benzini-etkazib-beradi-31847853.html
Rossiya O‘zbekistonga benzin yetkazib beradi
Rossiya O‘zbekistonga benzin yetkazib beradi
Sputnik O‘zbekiston
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mahsulot narxi aholi uchun bir litriga 6000 - 6200 so‘mni tashkil qiladi. 30.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-30T21:17+0500
2023-01-30T21:17+0500
2023-04-05T18:43+0500
o‘zbekiston - rossiya
benzin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0d/30698081_0:321:3071:2048_1920x0_80_0_0_7bd88d1afd65b7873372c613e59a64c3.jpg
TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan AI-80 rusumli benzin sotib olishni boshladi. Bu haqida "O‘zbekneftegaz" AJ ma’lum qilmoqda. Xabarda aytilishiga ko‘ra, yanvar oyida “O‘zbekneftgaz” AJ hamda Rossiyaning “Gazprom” OAJ, “Tatneft” OAJ, “Orsknefteorgsíntez” OAJ kabi kompaniyalari bilan 50 ming tonna, tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5,0 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzini importi bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Ayni damda ushbu benzinni O‘zbekiston hududiga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda eng yirik AI-80 benzini ishlab chiqaruvchisi “Buxoro NQIZ” 130-140 foiz quvvatda ishlamoqda. Kunlik avtobenzin ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 750 tonnadan 3 300 tonnaga oshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 3 millionga yaqin avtomobillar bo‘lib, ularning aksariyati gazda harakatlanadi. Bu yil yanvar oyida respublika hududida kuzatilgan anomal sovuq tufayli avtomobillar hamda sanoat iste’molchilarga gaz yetkazib berish to‘xtatib qo‘yilgan edi. Ushbu munosabat bilan benzinga talab keskin oshgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0d/30698081_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_064e3e98a32b0e522f8036d7daecebf1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, benzin, rossiya
o‘zbekiston - rossiya, benzin, rossiya
Rossiya O‘zbekistonga benzin yetkazib beradi
21:17 30.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mahsulot narxi aholi uchun bir litriga 6000 - 6200 so‘mni tashkil qiladi.
TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan AI-80 rusumli benzin sotib olishni boshladi. Bu haqida "O‘zbekneftegaz" AJ ma’lum qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yanvar oyida “O‘zbekneftgaz” AJ hamda Rossiyaning “Gazprom” OAJ, “Tatneft” OAJ, “Orsknefteorgsíntez” OAJ kabi kompaniyalari bilan 50 ming tonna, tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5,0 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzini importi bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Ayni damda ushbu benzinni O‘zbekiston hududiga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mahsulotni tovar xomashyo birjasida sotish uchun qo‘yiladigan boshlang‘ich narxi bir tonnasi uchun 7 084 ming so‘mni, AYoQShlarda iste’molchilarga sotiladigan yakuniy narxi esa bir litri uchun 6 000-6 200 so‘mni tashkil etmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda eng yirik AI-80 benzini ishlab chiqaruvchisi “Buxoro NQIZ” 130-140 foiz quvvatda ishlamoqda. Kunlik avtobenzin ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 750 tonnadan 3 300 tonnaga oshirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 3 millionga yaqin avtomobillar bo‘lib, ularning aksariyati gazda harakatlanadi. Bu yil yanvar oyida respublika hududida kuzatilgan anomal sovuq tufayli avtomobillar hamda sanoat iste’molchilarga gaz yetkazib berish to‘xtatib qo‘yilgan edi. Ushbu munosabat bilan benzinga talab keskin oshgan.