https://oz.sputniknews.uz/20230130/rossiya-musulmonlari-diniy-boshqarmasi-delegatsiyasi-ozbekistonga-keldi-31836862.html
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat chog‘ida diniy, madaniy, fan, ta’lim va gumanitar sohalarda mavjud ikki tomonlama muloqot va aloqalar yuqori darajada ekani qayd etildi. 30.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-30T17:05+0500
2023-01-30T17:05+0500
2023-01-30T17:05+0500
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1e/31831749_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_fcf769b436a7319a5c9342dc08a0ab15.jpg
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda Rossiya muftiylar kengashi ma’lum qildi.Tashrif doirasida Rossiya muftiylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, musulmonlar diniy boshqarmasi raisi o‘rinbosari Rushan Abbasov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Rushan Abbasov Rossiya musulmonlari diniy yetakchisi, Muftiy shayx Ravil Gaynutdin nomidan salom yetkazdi.Uchrashuv ishtirokchilari joriy yilda O‘zbekistonda “Ma’naviy ipak yo‘li” V xalqaro ilmiy-diniy konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratdi.Yakunda tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alar taqdim etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1e/31831749_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_a2bae42914dc5e5b03519659714a4b75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston musulmonlari idorasi , rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi, hamkorlik
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston musulmonlari idorasi , rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi, hamkorlik
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Suhbat chog‘ida diniy, madaniy, fan, ta’lim va gumanitar sohalarda mavjud ikki tomonlama muloqot va aloqalar yuqori darajada ekani qayd etildi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda Rossiya muftiylar kengashi
ma’lum qildi. Tashrif doirasida Rossiya muftiylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, musulmonlar diniy boshqarmasi raisi o‘rinbosari Rushan Abbasov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rushan Abbasov Rossiya musulmonlari diniy yetakchisi, Muftiy shayx Ravil Gaynutdin nomidan salom yetkazdi.
“Suhbat chog‘ida diniy, madaniy, fan, ta’lim va gumanitar sohalarda mavjud ikki tomonlama muloqot va aloqalar yuqori darajada ekani qayd etildi, shuningdek, hozirgi konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan Hamkorlik shartnomasini imzolash imkoniyatlari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.
Uchrashuv ishtirokchilari joriy yilda O‘zbekistonda “Ma’naviy ipak yo‘li” V xalqaro ilmiy-diniy konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratdi.
Yakunda tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alar taqdim etdi.