“O‘zto‘qimachiliksanoat” tadbirkorlar uchun “yagona darcha” tizimini ishga tushirdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. To‘qimachilik sanoati tadbirkorlari uchun "yagona darcha" tizimi ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” matbuot xizmati xabar berdi.

Bu tizim orqali tadbirkorlar uyushmaga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin:
eksport faoliyatini rivojlantirish, yangi bozorlarni topish va sours kompaniyalar bilan hamkorlik
korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish;
xalqaro dizayn markazlar bilan hamkorlik, modalar namoyishida ishtirok etish, yangi dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish;
dual ta’limni joriy qilish va kadrlarni malakasini baholash;
yangi investitsion loyihalarini shakllantirish va biznes reja tayerlash;
tayyor mahsulot ishlab chikaruvchilar uchun aylanma mablag‘lar ajratilishi;
eksport va logistika uchun subsidiya va kompensatsiyalarni olish, QQS qaytarish xizmati;
xalqaro va mahalliy ko‘rgazmalarda imtiyozli qatnashish;
marketing, SMM, brending xizmatlari.
Yagona aloqa markaziga (+998) 71 202-22-44 (qo‘shimcha raqam 188,189) telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin. uzluksiz tarzda faoliyat yuritilishi yo‘lga qo‘yildi. U orqali muammo va takliflar tezkor ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
O‘tgan yilning 11 oyi davomida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti O‘zbekistonga 2,9 mlrd dollar daromad keltirgan. Birgina Rossiya 1,2 mlrd dollarga teng mahsulot sotib olgan. Mamlakat to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 5 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. 76 ta yangi loyihani amalga oshirish, 26 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0