O‘zbekistonlik velosportchilar Portugaliyadagi turnirda kumush medalga sazovor bo‘lishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet KazaxstanaUzbekistanskie sportsmenki zavoyevali dve serebranie medali na mejdunarodnom turnire po velosportu "Troferu International de Pista sunlive" v Portugalii.
Uzbekistanskie sportsmenki zavoyevali dve serebranie medali na mejdunarodnom turnire po velosportu Troferu International de Pista sunlive v Portugalii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqa Portugaliyada bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Velosport bo‘yicha “Troferu International de Pista sunlive” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchilar ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa Portugaliyada bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning navbatdagi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi va “Taskent City Professional Women Cycling Team” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Margarita Misurina ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi.
Misurina omnium yo‘nalishida kechgan poygada ikkinchi natijani qayd etdi. Mazkur dasturda gretsiyalik Argiro Milaki g‘alabani tantana qilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni ispaniyalik Izabel Navarro yakunlab bergan. Misurina ushbu muvaffaqiyati evaziga 90 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Nafosat Qo‘ziyeva bilan juftlikda ishtirok etgan Misurina medison dasturida ham shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Ushbu yo‘nalishda oltin medalni Ispaniya, bronzani esa Avstriya vakillari qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0