Kiyev va uning qoʻgʻirchoqsozlari bilan gaplashishning foydasi yoʻq – Ryabkov

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
/ Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari hozir Ukraina bilan gaplashish nega foydasiz ekanini tushuntirdi.
TOSHKENT, 30 yanv — Sputnik. AQSH Ukrainaga tank yetkazib berishga qaror qilgan bir paytda nafaqat Kiyev, balki uning qoʻgʻirchoqsozlari bilan ham gaplashishning foydasi yoʻq. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov maʼlum qildi.
“Bu boradagi bizning pozitsiyamiz yaxshi maʼlum, oʻylaymanki, Vashingtonga ham. Ukraina inqirozini tartibga solishga oid har qanday jiddiy tashabbuslarni oʻrganib chiqishga tayyormiz, biroq hozircha ularni hech kim aniqroq qilib aytmadi. <...> Vashtington tank yetkazib berishga qaror qilganini eʼlon qilgani, ularning vassallari esa, jumladan, Ottava, Ukrainaga kim koʻp zirhli, ayniqsa eski texnika yetkazib berish boʻyicha bellashayotgan bir paytda nafaqat ukrainalik millatchilar, balki ularning qoʻgʻirchoqsozlari bilan ham gaplashishning foydasi yoʻq. Ularning koʻpchiligi oʻz nodonligida koʻrsatishda shunchaki kulguli”, - dedi Ryabkov RIA Novostiga bergan intervyusida.
Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, AQSH Ukraina inqirozidagi nafaqat asosiy dirijyor, balki undan asosiy foyda oluvchidir. Ryabkovning tushuntirishicha, Vashington Ukrainani oʻzining harbiy-sanoat majmuasi mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish uchun poligon sifatida koʻrmoqda.
“Shu bilan birga ittifoqchilaridan harbiy texnikalarni olib, ularni Ukrainaning harbiy harakatlari teatriga “utilizatsiyaga” yuborib, amerikaliklar yevropaliklarga yangi, koʻp milliardli oʻzining harbiy mahsulotlarini sotib olishga undashga umid qilishmoqda”, - dedi u.