https://oz.sputniknews.uz/20230130/iliq-biroq-yomgirli-ozgidromet-hafta-davomida-kutilayotgan-ob-havo-haqida-malumot-berdi-31827631.html
Iliq, biroq yomg‘irli: O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
Iliq, biroq yomg‘irli: O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakat hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi natijasida hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi prognoz... 30.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-30T13:57+0500
2023-01-30T13:57+0500
2023-01-30T13:57+0500
jamiyat
o‘zgidromet
ob-havo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/14/24687942_0:127:1280:847_1920x0_80_0_0_ecf10444ee507e820a780a319d7e526a.jpg
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Bugun, 30-yanvar kuni, respublika hududi bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.31 yanvar kuni mamlakat hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida respublika bo‘ylab hafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi.Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, 1-fevraldan 3-fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik 1-2 fevral kunlari kuchli bo‘ladi.31 yanvar va 1-2 fevral kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.Havo harorati hafta davomida meyor atrofida bo‘ladi va kechalari -1...+4 daraja, kunduz kunlari +5...+10 darajani tashkil etadi.Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +7...+9 daraja bo‘ladi.31 yanvar kuni biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+2 daraja, kunduzi +7...+9 daraja bo‘ladi.1-2 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari +2...+5 daraja, kunduz kunlari +5...+10 daraja bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/14/24687942_106:0:1235:847_1920x0_80_0_0_5bd820e7558cc8227cc93de772cac47b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zgidromet, ob-havo
jamiyat, o‘zgidromet, ob-havo
Iliq, biroq yomg‘irli: O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
Mamlakat hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi natijasida hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Bugun, 30-yanvar kuni, respublika hududi bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb
xabar bermoqda O‘zgidromet.
31 yanvar kuni mamlakat hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida respublika bo‘ylab hafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, 1-fevraldan 3-fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik 1-2 fevral kunlari kuchli bo‘ladi.
31 yanvar va 1-2 fevral kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati hafta davomida meyor atrofida bo‘ladi va kechalari -1...+4 daraja, kunduz kunlari +5...+10 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +7...+9 daraja bo‘ladi.
31 yanvar kuni biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+2 daraja, kunduzi +7...+9 daraja bo‘ladi.
1-2 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari +2...+5 daraja, kunduz kunlari +5...+10 daraja bo‘ladi.