https://oz.sputniknews.uz/20230130/favqulodda-vaziyatlar-31825839.html
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi
Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha... 30.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-30T13:11+0500
2023-01-30T13:11+0500
2023-01-30T13:11+0500
jamiyat
abdulla aripov
sel
favqulodda holat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/16/24728545_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_ed905b76a5de55070beb7187af1fe92f.jpg
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, shu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagacha va kechalari +3 darajagacha ko‘tariladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham +2...+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.Yig‘ilishda mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.Shuningdek, davlat rahbarining 2022-yil 18-noyabrdagi 426-son qaroriga asosan Toshqinga qarshi hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifalari belgilangan.Vazirlar Mahkamasida o‘tgan yig‘ilish bayoni bilan bu komissiya a’zolari Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlariga biriktirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/16/24728545_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_e215a0e2719003865f0bfc7cb410b5cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, abdulla aripov, sel, favqulodda holat
jamiyat, abdulla aripov, sel, favqulodda holat
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi
Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, shu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagacha va kechalari +3 darajagacha ko‘tariladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham +2...+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
"Havo haroratining ko‘tarilishi – qor va muzlar erishini tezlatib, sel, ko‘chki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimolini yanada kuchaytiradi", - deyilgan xabarda.
Yig‘ilishda mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.
Shuningdek, davlat rahbarining 2022-yil 18-noyabrdagi 426-son
qaroriga asosan Toshqinga qarshi hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifalari belgilangan.
Vazirlar Mahkamasida o‘tgan yig‘ilish bayoni bilan bu komissiya a’zolari Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlariga biriktirildi.