Volodin AQSh Ukrainadagi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etayotganini aytdi
Volodin AQSh Ukrainadagi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etayotganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasi raisi bugungi kunda Ukraina Vashington va NATOning o‘z qurollarini sinovdan o‘tkazish uchun poligonga aylangan deb hisoblaydi. 29.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi ukrain fuqarolari va va slavan zaminlari uchun amerikalik mustamlakachilardan ozod bo‘ladigan harakat bo‘ldi. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin shunday fikrni bildirdi.Davlat dumasi spikerining ta’kidlashicha, Vashington va uning Ukrainadagi rejimi fuqarolarga o‘tkazadigan ta’sirini saqlab qolish uchun odamlarni siyosiy huquq va erkinlikdan mahrum qilgan.“Nomaqbul OAVlarni yopishdi, siyosiy partiyalarni taqiqladi va cherkovlarni ta’qib qilishdi. Ukrain xalqi haqida hech kim o‘ylamadi. Mamlakatni talashdi. AQSh hamisha mustamlakalari bilan shunday munosabat bo‘lgan”, - deydi Volodin.Siyosatchi bugungi kunda Ukraina Vashington va NATOning o‘z qurollarini va urush yuritishning yangi usullarini sinovdan o‘tkazish uchun poligonga aylangan deb hisoblaydi.“Yo‘qotishlar bilan hech kimning ishi yo‘q: ukrainalardan chiqim materiali sifatida foydalanishmoqda. U yerda amerikalik instruktorlari, yollanmalari bor. Kiyev rejimini qutqarish uchun og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berishni boshlashdi. Bularning bari Vashingtonning jangovar harakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etayotgani, o‘z mustamlakasini yo‘qotishdan qo‘rqayotganini anglatadi”, - deya ta’kidladi Volodin.
Rossiya Davlat dumasi raisi bugungi kunda Ukraina Vashington va NATOning o‘z qurollarini sinovdan o‘tkazish uchun poligonga aylangan deb hisoblaydi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi ukrain fuqarolari va va slavan zaminlari uchun amerikalik mustamlakachilardan ozod bo‘ladigan harakat bo‘ldi. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin shunday fikrni bildirdi.
“To‘qqiz yil ilgari davlat to‘ntarilishi natijasida Kiyevdagi hukumat Vashingtoning tashqi boshqaruvchiga o‘tdi, qo‘g‘irchoq millatchi rejim o‘rnatilgan edi. Maxsus harbiy operatsiya Ukraina fuqarolari va slavan zaminlari uchun amerikalik mustamlakachilardan ozod bo‘ladigan bo‘ldi”, - deya yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
Davlat dumasi spikerining ta’kidlashicha, Vashington va uning Ukrainadagi rejimi fuqarolarga o‘tkazadigan ta’sirini saqlab qolish uchun odamlarni siyosiy huquq va erkinlikdan mahrum qilgan.
“Nomaqbul OAVlarni yopishdi, siyosiy partiyalarni taqiqladi va cherkovlarni ta’qib qilishdi. Ukrain xalqi haqida hech kim o‘ylamadi. Mamlakatni talashdi. AQSh hamisha mustamlakalari bilan shunday munosabat bo‘lgan”, - deydi Volodin.
Siyosatchi bugungi kunda Ukraina Vashington va NATOning o‘z qurollarini va urush yuritishning yangi usullarini sinovdan o‘tkazish uchun poligonga aylangan deb hisoblaydi.
“Yo‘qotishlar bilan hech kimning ishi yo‘q: ukrainalardan chiqim materiali sifatida foydalanishmoqda. U yerda amerikalik instruktorlari, yollanmalari bor. Kiyev rejimini qutqarish uchun og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berishni boshlashdi. Bularning bari Vashingtonning jangovar harakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etayotgani, o‘z mustamlakasini yo‘qotishdan qo‘rqayotganini anglatadi”, - deya ta’kidladi Volodin.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.