Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Uyqusizlikdan xalos bo‘lishning yo‘li

© Depositphotos / Bacho123456Nochnik i budilnik u krovati
Nochnik i budilnik u krovati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida tarkibida kofein bo‘lgan har qanday mahsulotni iste’mol qilish, uxlashdan avval esa qahva yoki achchiq choy ichish mutlaqo mumkin emas.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh nevrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidova uyqusizlikdan xalos bo‘lishning oson yo‘llarini aytdi.
“Jismoniy faollik, xususan, sport bilan muntazam shug‘ullanish uyqusizlikdan xalos bo‘lishda katta yordam beradi”, - deydi mutaxassis.
Biroq bunday mashg‘ulotlarni uxlash oldidan bajarmaslik maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, kunning ikkinchi yarmida tarkibida kofein bo‘lgan har qanday mahsulotni iste’mol qilish, uxlashdan avval esa qahva yoki achchiq choy ichish mutlaqo mumkin emas.
Buning o‘rniga yotishdan 5-10 daqiqa oldin tinchlantiruvchi mashqlar bajarish, sokin musiqa tinglash va iliq vanna qabul qilish uxlashga yordam beradi.
Biroq shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, zinhor uxlatuvchi dorilarni qabul qilish kerak emas.
“Eng muhimi, bir vaqtda uyquga yotib, bir vaqtda uyg‘onishga harakat qilish lozim”, - deya xulosa qildi Majidova.
Yangiliklar lentasi
0