Ukraina qo‘shinlari LXRdagi kasalxonanini o‘qqa tutitishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Ukraina harbiylarining Novoaydar aholi punktidagi kasalxonaga zarba berishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi va 24 nafar bemor jarohat oldi.
Ukraina Qurolli kuchlari 28-yanvar kuni HIMARS bilan Lugans xalq respublikasining Novoaydar aholi punktidagi kasalxonaga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘qqa tutilgan tibbiyot muassasida ko‘p oylar davomida tibbiyot xodimlari, jumladan, harbiy tibbiyot xodimlari mahalliy aholi va harbiy xizmatchilarga zaruriy yordamni ko‘rsatib kelishgan
Vazirlik tibbiyot muassasasiga bila turib raketa zarbasining berilishi Kiyev rejimining shubhasiz og‘ir harbiy jinoyati ekanini ma’lum qilgan.
Ukrain harbiylarining kasalxonani o‘qqa tutishi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan va 24 nafar bemor jarohat olgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu raketa zarbasiga aloqador bo‘lgan har bir kishi aniqlanishi va javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0