Surxondaryoda “Spark” va tez yordam mashinasi to‘qnashib ketdi – qurbon bor

© Surxondaryo viloyati YHXB Surxondaryoda "Spark" va tez yordam mashinasi to‘qnashdi
Surxondaryoda Spark va tez yordam mashinasi to‘qnashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2023
Obuna bo‘lish
Angor tumanida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, tez yordam mashinasi bilan to‘qnashgan haydovchi halok bo‘ldi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyati Angor tumanida “Spark” va tez yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea 28-yanvar kuni soat 4:10 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1433-kilometrida sodir bo‘lgan.
Tez yordam mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. “Spark” haydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanishi oqibatida avtomashinalar to‘qnashib ketgan.
Oqibatda “Spark”ning 22 yoshli haydovchisi olgan og‘ir tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan. Tengdoshi bo‘lgan yo‘lovchisi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Yangiliklar lentasi
0