https://oz.sputniknews.uz/20230129/qon-quyuqlashishi-qanchalik-xavfli-31796381.html
Qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?
Qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis: Tomirlarda qon aylanishining buzilishi oqibatida insult va infarkt xavfi ortadi. 29.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-29T07:00+0500
2023-01-29T07:00+0500
2023-01-29T07:00+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/01/15515799_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_6c2e0fe1f93d598a67f31b42b1d8fa35.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qon quyuqlashishi odam organizmida infeksiyalarga qarshi kurashish jarayoniga ta’sir qiladi. Bu haqda oliy toifali shifokor Nazokat Oripova ma’lum qildi.Ko‘pchilik insonlar hayotida bir marta bo‘lsa ham qon tahlili topshirgan yoki vena orqali inyeksiya qabul qilgan. Shu paytda ba’zi bemorlar o‘zining qoni to‘q rangga kirib, quyuqlashganiga guvoh bo‘ladi.Mutaxassislarning fikricha, bu holatga e’tiborsiz bo‘lish kerak emas. Aksincha, qon tahlillari orqali uning quyuqlashib ketgani aniq bo‘lgach, vaqtida davolanish zarur. Aks holda, organizmda turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.Qon quyuqlashishiga ko‘pincha sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, shuningdek shirinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fast-fud va turli qovurma taomlar sabab bo‘ladi.Qolaversa, bu holat kam suyuqlik ichish, havo haroratining ko‘tarilishi yoki keskin pasayishi va organizmdagi ayrim o‘zgarishlar tufayli ham yuzaga keladi.Natijada insonda bosh og‘rig‘i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlar sovqotishi, og‘iz qurishi kuzatiladi.Yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘lishi va tirnoq shakli o‘zgarishi mumkin. Hatto miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud.Bu salbiy holatlar esa tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lganidan darak beradi. Oqibatda insult va infarkt xavfi ortadi.Qon holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Agar tibbiy teshiruvlardan so‘ng uning quyuqligi meyordan ortiq ekani ma’lum bo‘lsa, zarur muolajalar tayinlanadi.Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas. Sababi uning haddan ortiq suyuqlashishi jarohatlarda qonning to‘xtamay qolishiga olib keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/01/15515799_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_d5836d308a29a69a2164d554cac8c415.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?
Mutaxassis: Tomirlarda qon aylanishining buzilishi oqibatida insult va infarkt xavfi ortadi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qon quyuqlashishi odam organizmida infeksiyalarga qarshi kurashish jarayoniga ta’sir qiladi. Bu haqda oliy toifali shifokor Nazokat Oripova
ma’lum qildi. Ko‘pchilik insonlar hayotida bir marta bo‘lsa ham qon tahlili topshirgan yoki vena orqali inyeksiya qabul qilgan. Shu paytda ba’zi bemorlar o‘zining qoni to‘q rangga kirib, quyuqlashganiga guvoh bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, bu holatga e’tiborsiz bo‘lish kerak emas. Aksincha, qon tahlillari orqali uning quyuqlashib ketgani aniq bo‘lgach, vaqtida davolanish zarur. Aks holda, organizmda turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
“Qon – inson tana a’zo va to‘qimalarini kislorod hamda zarur ozuqa moddalari bilan ta’minlovchi muhim suyuqlik. U infeksiyalarga qarshi kurashib, ichki a’zolar faoliyatida ishtirok etadi. Qon quyuqlashishi organizmdagi ana shu jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Oqibatda yashirin kasalliklar yuzaga kelishi yoki yangilari paydo bo‘lishi mumkin”, deydi oliy toifali shifokor Nazokat Oripova.
Qon quyuqlashishiga ko‘pincha sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, shuningdek shirinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fast-fud va turli qovurma taomlar sabab bo‘ladi.
Qolaversa, bu holat kam suyuqlik ichish, havo haroratining ko‘tarilishi yoki keskin pasayishi va organizmdagi ayrim o‘zgarishlar tufayli ham yuzaga keladi.
Natijada insonda bosh og‘rig‘i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlar sovqotishi, og‘iz qurishi kuzatiladi.
Yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘lishi va tirnoq shakli o‘zgarishi mumkin. Hatto miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud.
Bu salbiy holatlar esa tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lganidan darak beradi. Oqibatda insult va infarkt xavfi ortadi.
Qon holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Agar tibbiy teshiruvlardan so‘ng uning quyuqligi meyordan ortiq ekani ma’lum bo‘lsa, zarur muolajalar tayinlanadi.
Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas. Sababi uning haddan ortiq suyuqlashishi jarohatlarda qonning to‘xtamay qolishiga olib keladi.