Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik raqibini nokautga uchratdi – video

© Natsionalnoe antidopingovoe agentstvo UzbekistanaUzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev
Uzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2023
Obuna bo‘lish
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik Ulises Sierrani "yer tishlatdi".
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. AQShning Inglvud shahrida (Kaliforniya shtati) o‘tkazilgan boks oqshomida Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi g‘alabasiga erishdi.
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik Ulises Sierra raqiblik qildi.
Meliqo‘ziyev jangni o‘z ustunligi bilan boshladi. Uchinchi raundning so‘ngida o‘zbekistonlik bokschi raqibining tana qismiga kuchli zarba yo‘llab, Sierrani nokautga uchratdi.
Bektemir ushbu g‘alabasi evaziga WBO Global kamarini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Meliqo‘ziyev prof ringda 12-jang o‘tkazgan. 9 ta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan. Hisobida bitta mag‘lubiyat bor.
Yangiliklar lentasi
0