https://oz.sputniknews.uz/20230128/oziq-ovqat-sohasida-rahbarlarni-tayyorlovchi-institut-ochiladi--unga-kimlar-qabul-qilinadi--31795781.html
Oziq-ovqat sohasida rahbarlarni tayyorlovchi institut ochiladi – unga kimlar qabul qilinadi?
Oziq-ovqat sohasida rahbarlarni tayyorlovchi institut ochiladi – unga kimlar qabul qilinadi?
Sputnik O‘zbekiston
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi 28.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-28T16:39+0500
2023-01-28T16:39+0500
2023-01-28T16:39+0500
jamiyat
oziq-ovqat
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21551627_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_534f8b1ba6951b15a755a8bcd6e11e19.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–22-sonli qarorda nazarda tutilgan.Institutda oziq-ovqat sohasida mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlar tayyorlanadi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o‘rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim beriladi. Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:Institutda o‘qitish ingliz, rus va o‘zbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.2024/2025 o‘quv yilidan Institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dual ta’lim tizimi joriy qilinadi.2024 yil 1-yanvardan Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash bo‘yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21551627_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bd3a943c9b554112cdc2ef2b5f30be42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, oziq-ovqat, yangi qaror
jamiyat, oziq-ovqat, yangi qaror
Oziq-ovqat sohasida rahbarlarni tayyorlovchi institut ochiladi – unga kimlar qabul qilinadi?
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–22-sonli qarorda
nazarda tutilgan. Institutda oziq-ovqat sohasida mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlar tayyorlanadi.
Ularga oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o‘rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim beriladi.
Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;
Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi – Capacity Building Center;
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qo‘qon oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish texnikumi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Institutga sohaga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Institutda o‘qitish ingliz, rus va o‘zbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.
2024/2025 o‘quv yilidan Institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dual ta’lim tizimi joriy qilinadi.
2024 yil 1-yanvardan Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash bo‘yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.