https://oz.sputniknews.uz/20230128/ozbekiston-ozarbayjon-elchixonasiga-uyushtirilgan-qurolli-hujumni-keskin-qoraladi-31796068.html
O‘zbekiston Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoraladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 27-yanvar kuni Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan va bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni qoraladi. 28.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-28T15:18+0500
2023-01-28T15:18+0500
2023-01-28T15:50+0500
siyosat
o‘zbekiston tiv
ozarbayjon
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768086_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_badcc6a5969c9b0c048536938095d1b7.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 27-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoralaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.Tehronda Ozarbayjon elchixonasiga hujum uyushtirilishi oqibatida Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xavfsizlik xizmati rahbari O‘rxon Askerov qurolli hujumni bartaraf etish chog‘ida halok bo‘lgan. Yana bir qo‘riqchi jarohatlangan.Ozarbayjon tomoni shoshilinch tekshiruv o‘tkazmoqda. Hujum qilgan shaxslardan biri qo‘lga olingan. U o‘z qilmishini oilasidagi muammolar bilan izohlagan.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768086_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_0e5f7e03d424250225c523140462e9f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston tiv, ozarbayjon, eron
siyosat, o‘zbekiston tiv, ozarbayjon, eron
O‘zbekiston Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoraladi
15:18 28.01.2023 (yangilandi: 15:50 28.01.2023) O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 27-yanvar kuni Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan va bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni qoraladi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 27-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoralaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida
ma’lum qilindi. “Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz. Umid qilamizki, ushbu hodisa sinchkovlik bilan o‘rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi”, deyiladi xabarda.
Tehronda Ozarbayjon elchixonasiga hujum uyushtirilishi oqibatida Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xavfsizlik xizmati rahbari O‘rxon Askerov qurolli hujumni bartaraf etish chog‘ida halok bo‘lgan. Yana bir qo‘riqchi jarohatlangan.
Ozarbayjon tomoni shoshilinch tekshiruv o‘tkazmoqda. Hujum qilgan shaxslardan biri qo‘lga olingan. U o‘z qilmishini oilasidagi muammolar bilan izohlagan.