https://oz.sputniknews.uz/20230128/olimlar-amir-temurning-toxtamish-ustidan-qozongan-galaba-maydonini-aniqlashga-kirishishdi-31788566.html
Olimlar Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alaba maydonini aniqlashga kirishishdi
Olimlar Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alaba maydonini aniqlashga kirishishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya olimlari Amir Temur va To‘xtamish o‘rtasida kechgan jang maydonini aniqlash niyatida. 28.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-28T14:30+0500
2023-01-28T14:30+0500
2023-01-28T14:30+0500
rossiya
olimlar
samara
amir temur
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/378/79/3787930_0:20:976:569_1920x0_80_0_0_33201aeef7d4ce13ce4de8c8504a929a.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston arxeologlari O‘rta Osiyo hukmdori, sarkarda Amir Temur Oltin O‘rda xoni To‘xtamish ustidan g‘alaba qozongan jang maydonining aniq joyini aniqlash niyatida. Bu haqda Samara universiteti matbuot xizmati RIA Novostiga xabar berdi.Bu yil Samara viloyatida Rossiya o‘rta asrlari tarixidagi eng muhim voqealardan biri –Amir Temur qo‘shinlari va Oltin O‘rda xoni To‘xtamish o‘rtasidagi jangning aniq joyini aniqlash bo‘yicha yirik xalqaro arxeologik loyiha boshlanmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha besh yilga mo‘ljallangan. Mazkur muddat davomida Amir Temur va To‘xtamishning harbiy yurishlarini batafsil o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar va Samara viloyatining turli hududlariga ekspeditsiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.Ta’kidlanishicha, loyihada arxeolog va tarixchilardan tashqari, Samara universitetining kimogarlari, optik fiziklari, geofiziklari, biologlari va boshqa ilmiy yo‘nalishlari mutaxassislari ham ishtirok etadi.
samara
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/378/79/3787930_0:56:786:646_1920x0_80_0_0_a9b68a0f2a6a7b67fec7e78347142ff3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, olimlar, samara, amir temur
rossiya, olimlar, samara, amir temur
Olimlar Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alaba maydonini aniqlashga kirishishdi
O‘zbekiston va Rossiya olimlari Amir Temur va To‘xtamish o‘rtasida kechgan jang maydonini aniqlash niyatida.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston arxeologlari O‘rta Osiyo hukmdori, sarkarda Amir Temur Oltin O‘rda xoni To‘xtamish ustidan g‘alaba qozongan jang maydonining aniq joyini aniqlash niyatida. Bu haqda Samara universiteti matbuot xizmati RIA Novostiga
xabar berdi. Bu yil Samara viloyatida Rossiya o‘rta asrlari tarixidagi eng muhim voqealardan biri –Amir Temur qo‘shinlari va Oltin O‘rda xoni To‘xtamish o‘rtasidagi jangning aniq joyini aniqlash bo‘yicha yirik xalqaro arxeologik loyiha boshlanmoqda.
“Olimlar hali jang maydoni qayerda joylashganligini aniqlay olishmadi, bu haqda turli xil taxminlar mavjud. Loyiha doirasida biz qazishmalar davomida tegishli artefakt-dalillarni topib, uzoq yillik ilmiy tortishuvlarga chek qo‘yish orqali ushbu tarixiy sirni ochishimiz kerak”, deydi Samara universiteti arxeologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi rahbari Sergey Zubov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha besh yilga mo‘ljallangan. Mazkur muddat davomida Amir Temur va To‘xtamishning harbiy yurishlarini batafsil o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar va Samara viloyatining turli hududlariga ekspeditsiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Universitetimiz olimlaridan tashqari loyihada Tatariston Fanlar akademiyasining Tarix instituti va Arxeologiya instituti, Qozon, Qo‘rg‘on va Boshqird davlat universitetlaridan hamkasblar, shuningdek, Samarqand davlat universiteti va Samarqand arxeologiya instituti ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron va Isroil arxeologlari ham ushbu loyihaga qiziqish bildirishdi”, deydi Zubov.
Ta’kidlanishicha, loyihada arxeolog va tarixchilardan tashqari, Samara universitetining kimogarlari, optik fiziklari, geofiziklari, biologlari va boshqa ilmiy yo‘nalishlari mutaxassislari ham ishtirok etadi.