Koronavirusga qarshi vaksinalar bo‘yicha yangi platforma ishga tushirildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishDistansionnoe obuchenie
Distansionnoe obuchenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur veb-resursda mavzuga doir 135 ta savolga batafsil javoblar, video va audio materiallar mavjud.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksinalar bo‘yicha yangi platformani ishga tushirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida SOVID-19ga qarshi vaksinalar bo‘yicha yangi platforma yaratdi.
Mazkur veb-resursda mavzuga doir 135 ta savolga batafsil javoblar, video va audio materiallar mavjud.
Sayt tibbiyot mutaxassislari va keng aholi qatlamiga mo‘ljallangan va undan istalgan kishi bepul foydalana oladi. Hozircha ma’lumotlar bilan ingliz, rus, rumin, gruzin va ukrain tillarida tanishish mumkin.
Bundan tashqari, mavzuga doir barcha savol-javoblar PDF formatida jamlangan. Bu qulaylik ularni oson chop etish yoki oflayn rejimda o‘qish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0