Toshkent viloyatidan poytaxtga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Toshkent viloyati hokimligiAvtobus
Avtobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Masofasi 35 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 6000 so‘m etib belgilandi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Toshkent viloyatidan poytaxtga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Endi yangi yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar yo‘lovchilarni viloyatning Parkent shahridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri metro bekatiga olib boradi.
Mazkur ekspress avtobus Parkent avtoshohbekatidan Yangi O‘zbekiston bog‘i orqali "Mashinasozlar" metro bekatiga qadar harakatlanadi.
© Toshkent viloyati hokimligiAvtobus
Avtobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Avtobus
Yo‘nalishda qatnovlarni tashkil etish maqsadida 5 ta yangi ISUZU NP 26 avtobuslari sotib olindi. Yo‘nalishga jami 8 dona avtobus biriktirilgan.
Masofasi 35 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 6000 so‘m etib belgilandi.
© Toshkent viloyati hokimligiAvtobus
Avtobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Avtobus
Qatnovlar tonggi soat 5:50 dan boshlanadi. Avtobuslar 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Qatnov davomida ekspress avtobus faqatgina Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0