https://oz.sputniknews.uz/20230127/tashkent-indeksdagi-talabalar-majburan-chiqarilmaydi--vazirlik--31754330.html
“Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi – vazirlik
“Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi – vazirlik
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, “Tashkent Indeks”dagi talabalarni ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin... 27.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-27T08:40+0500
2023-01-27T08:40+0500
2023-01-27T08:40+0500
jamiyat
talabalar
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/03/20741801_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_615a6e00b5ac24f8993f529f43cb7f4c.jpg
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. “Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, “Tashkent Indeks”dagi talabalarni ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.Bunda “Tashkent Indeks”da qolishni xohlovchi talabalarni majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Ma’lumot o‘rnida, birgina Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki qavatli yotoq o‘rni tashkil etish hisobiga qo‘shimcha 139 o‘rinli, Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan Oqtepa pedagogika kolleji talabalar turar joyida yangi 300 o‘rinli joy yaratilgan. Shu kabi boshqa oliy ta’lim muassasalari ham hozirda ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha o‘rinlar hozirlagan. Bundan tashqari, Toshkent davlat stomatologiya institutida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi yotoqxona qurib, foydalanishga topshirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/03/20741801_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_bc261f24cffde2795d738ed1490ca43c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, talabalar, otm
“Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi – vazirlik
Ta’kidlanishicha, “Tashkent Indeks”dagi talabalarni ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. “Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, “Tashkent Indeks”dagi talabalarni ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
“Xabaringiz bor, joriy o‘quv yili boshida “Tashkent Indeks” savdo majmuasida talabalar vaqtincha turishlari uchun sharoit yaratilgan edi. O‘tgan davr mobaynida aksariyat oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalar turar joylarida qo‘shimcha yotoq o‘rinlari yaratilib, ko‘chish istagini bildirgan talabalar ko‘chirib o‘tkazildi. Shu kunlarda esa sovuq havo haroratida majmua yetarli sharoitga ega emasligi bois, ko‘chirish ishlari oliy o‘quv yurtlari talabalar turar joylarida ko‘proq qo‘shimcha bo‘sh o‘rinlari yaratilishi, aksariyatida yangi yotoqxonalar barpo etilishi hisobiga yanada jadallashdi”, deyiladi xabarda.
Bunda “Tashkent Indeks”da qolishni xohlovchi talabalarni majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, birgina Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki qavatli yotoq o‘rni tashkil etish hisobiga qo‘shimcha 139 o‘rinli, Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan Oqtepa pedagogika kolleji talabalar turar joyida yangi 300 o‘rinli joy yaratilgan. Shu kabi boshqa oliy ta’lim muassasalari ham hozirda ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha o‘rinlar hozirlagan. Bundan tashqari, Toshkent davlat stomatologiya institutida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi yotoqxona qurib, foydalanishga topshirildi.