Rossiya qo‘shinlari Ugledarga kirib bordi - nega bu muhim
21:48 27.01.2023 (yangilandi: 23:26 28.01.2023)
© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie MO RF vipolnyayut boyevie zadachi v Xarkovskoy oblasti
© Sputnik / Viktor Antonyuk
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli Kuchlari Ugledarga kirib borishdi va yaqin vaqtlarda shaharni ukrain mustamlakachilaridan ozod qilish niyatida.
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Rossiya qo‘shinlari bir vaqtning o‘zida yuqori aniqlikdagi qurol bilan UQKning ichki ta’minot chiziqlarig, jangovar boshqaruv markazlari, havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari, logistika, energetika va transport infratuzilmalariga vayron qilmoqda.
Rossiya Tinch okeani floti dengiz piyodalari hujumkor bo‘linmalari 25-yanvar oqshomida Ukraina mudofasini yorib o‘tdi, Ugledarga kirib bordi va va shahar atrofida janglarni davom ettirmoqda. UQK bo‘linmalari mo‘ljalni yo‘qotgan va “Qora zaporojyeliklar nomidagi” 72 –mexanizatsiyalashgan brigada Ugledardagi o‘z pozitsiyasini tashlab qochgan. UQK bosh shtabi “vaziyat qaltis”ligini tasdiqlamoqda va shaharga zaxiradagilarni jo‘natmoqda.
Ulgedarga hujum ikki yo‘nalishda tashkillashtirilgan, UQK qochib bormoqda, Rossiya QK ularni siqib bormoqda. Dushman qarshi hujumini Rossiya artilleriyasi samarali yo‘q qilmoqda. Shahar katta emas (tinchlik vaqtidagi aholi – taxminan 17 ming kishi), biroq muhim joyda joylashgan. Ugledarning ozod etilishi Donesk yaqinidagi ukrain qo‘shinlarini tor-mor keltirishga va operativ kenglik – UQK ning Slavansk-Kramatorskda mustahkamlanib olgan tumanlariga chiqish imkonini beradi.
Rossiya qo‘shinlarining Ugledar yo‘nalishidagi xujum jarayonlari Artyomovsk (Baxmut) ni ozod qilish janglari sur’atiga ta’sir qilmaydi. Unda UQKning 20 ta brigadasi yo‘naltirigan, xorijiy yollanma askarlar otradlarini hisoblamaganda. Hujum arafasida “Vagner” XHK guruhlari shahar qurilishiga bir kilometr chuqurlikdan o‘tdi, shuningdek, Artyomovskga yaqin joylashgan Opitnoe (janubdan) va Paraskoviyevka (shimoldan) aholi punktlarini egallab olishdi. Rossiya kuchlari Zaporojye viloyatining Orexov va Gulyaypole yo‘nalishida ham jang olib bormoqda.
Rossiya QK operativ-taktik aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi o‘tgan sutkada o‘t ochish pozitsiyalarida 83 ta artilleriya pozitsiyalari, dushmanning 119 ta tumanidagi tirik ishchi kuchlarini zararsizlantirdi. UQK 128 tog‘-hujum brigadasining bo‘linmasi “demilitarizatsiyalashtirildi”. Bundan tashqari, maxsus operatsiya maydonida UQKning ikkita Su-25, uchta radiolokatsion stansiya, 14 ta artilleriya tizimlari, 7 ta bronemashina, 8 ta artilleriya ombori va ikkita yoqilg‘i bazalarini yo‘q qilgan.
Bahorgi keskinliklarga tayyorgarlik
26 yanvar tunida butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Rossiyaning yuqori aniqlikdagi uchuvchisiz uchish apparati bilan dushmanning Kiyev, Vinnitsa, Dnepropetrovsk, Odessa, Nikolayevsk, Cherkass va boshqa viloyatlaridagi obyektlari yo‘q qilindi. Ukraina manbalari muhim infratuzilma bo‘ylab o‘nlab parvozlar bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Maxsus operatsiya paytida Ukraina armiyasi deyarli butunlay yo‘q qilindi. Ommaviy safarbarlikning beshta to‘lqini foydali rezervlarni yo‘q qildi. Kiyev rejimi oltinchi marta UQKning sifatli (halokatli) yo‘qotishlarini qoplashga tayyor bo‘lmagan va Amerika Qo‘shma Shtatlari manfaatlari uchun kurashishni istamaydigan, ko‘chada qurollangan “patrullar” tomonidan qo‘lga olingan ko‘p sonli Ukraina fuqarolari bilan qoplashga harakat qilmoqda.
Kiyev rejimi va Ukraina armiyasi qo‘mondonligida sarosima kuchaymoqda. 25-yanvar kuni AQSh prezidenti Jo Bayden UQKning Qrim yarim orolida keng ko‘lamli bahorgi qarshi hujumga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Zaporojye viloyati ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi mart oyining oxirida Melitopol va Berdanskga joylashtirish uchun 40 mingga yaqin odamni jamlagan.
Amerika ma’muriyati, Pentagon va NATO strateglari ikki yuzta ishlatilgan nemis “Leopard”lari va uch o‘nlab Amerika “Abrams” tanklari Ukraina qo‘mondonligiga “taktikani o‘zgartirish” va jangovar harakatlar oqimini UQK foydasiga aylantirishga yordam beradi, deb taxmin qilmoqda.
Ma’lumki, NATOning Abrams va Leopard lari xususiyatlariga ko‘ra, Rossiyaning T-80 va T-90M “Proriv” tanklaridan ortda qoladi. RF quruqlikdagi kuchlari yangi tanklar bilan to‘ldirilmoqda. Potensiallar farqi hammaga ma’lum. Rossiya tanklar ishlab chiqari va sifati bo‘yicha dunyo chempioni.
Maxsus operatsiya boshlangunga qadar UQK qariyb 200 tank (SSSR meroslari)ga ega bo‘lgan. G‘arb mamlakatlari maxsus harbiy operatsiya jarayonida Kiyevga yana qariyb 700 ta tank (asosan Polshada ishlab chiqarilgan T-72 tanklari)ni jo‘natdi. Biroq, janglarda 2000 dan ortiq ukrain tanklari yonib kul bo‘ldi (bir yilda o‘rtacha 200 ta tank) va 2023-yil boshida UQK 800 metrlik jangovar to‘qnashuv liniyasida joylashtirish uchun mo‘ljallangan qariyb 300 ta tankka ega bo‘lgan. Ushbu mashinalar Rossiya qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilinmoqda. G‘arbda aqlli harbiy ekspertlar Abramslar va Leopardlar Ukrainada mojaroga ta’sir qilmasligini aytishmoqda.
Shu bilan birga AQSh Rossiya bilan “so‘nggi ukrain askari” qolgunga qadar jang qilmoqchi, va ikki yilda UQK uchun zarur bo‘lgan 155-mm artilleriya snaradlarini 500% ga ko‘proq – bir oyda 90 minggacha yetkazmoqchi. Kiyev rejimida yana ikki yil vaqt bormi – bu savol ochiq. AQSh o‘tgan oylarda Ukrainaga 1 mln dan ortiq artilleriya snaradlarini jo‘natdi. Ukraina mojarosi fonida AQShning qurol eksporti bir yilda 153,7 mlrd dollarga yoki deyarli 50% ga yetdi. Bunda savollarga javob bor: harbiy mojarodan kim manfaatdor va u Ukrainada qancha uzoq davom etadi?
Bahorda vaziyatning qaltislashuvi va Vashingtonning eski “Vyetnam ssenariysi” – Kiyev rejimining yevropalik donorlariga hech qanday yaxshilik va’da bermaydi. Prezident Vladimir Zelenskiy uzoq masofali raketalar va F-16 qiruvchilari haqida orzu qilmoqda. Ukrainaning taqdiri hal. AQShning Rossiyani strategik mag‘lubiyat yetkazishga urinishi – Amerikaning o‘z mavjudligiga tahdid solishi mumkin.