O‘zbekistonda qo‘shimcha talab etiladigan piyoz qachon ichki bozorlarga kiritilishi ma’lum bo‘ldi

© pexels.com/Daniel DanLuk
Luk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassis: Piyoz narxi oshishi kuzatilgan bo‘lsa-da, aholida uni g‘amlab qo‘yish kayfiyati mavjud emas.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tn piyozni 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Oziq-ovqat sanoati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Otajon Pirmonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, piyozning ulgurji narxi 1-yanvar kuniga nisbatan 2 900 so‘mga, maxsus rastalarda 2000 so‘mga, savdo markazlarida 3 550 so‘mga oshgan.
Piyoz narxlari:
Ulgurji narxlar - o‘rtacha 6 500 so‘m;
Dehqon bozorlaridagi arzonlashtirilgan maxsus rastalarda - 5000 so‘m;
Savdo markazlari va supermarketlarda - 7 700 so‘m.
Narxlarning oshishiga dehqonlar ixtiyoridagi piyozning ustki qismi muzlaganligi hamda ayrim yoqilg‘i quyish shaxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilganligi tufayli logistika narxlarining oshishi ta’sir etgan.
Mazkur holatlar esa mahsulotni bozorga yetkazish zanjirida vaqtinchalik uzilishlarga olib kelgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mahsulotni to‘liq nobud bo‘lishini oldini olish maqsadida ustki qismi muzlagan piyozni havo mo‘’tadillashgunga qadar joyidan qo‘zg‘atmaslik kerak.
Ta’kidlanishicha, piyoz narxi oshishi kuzatilgan bo‘lsa-da, aholida uni g‘amlab qo‘yish kayfiyati mavjud emas. Shuningdek, 1-yanvardan piyoz eksportiga cheklov o‘rnatilganligi bozorlarni aholi talabiga mos ravishda piyoz bilan baqaror ta’minlash imkoni mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Hozirda hududlarda tashkil etilgan zaxiralarda 51 ming tn, aholi xonadonlarida 200 ming tn piyoz zaxirasi mavjud.
Zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlarning barchasi arzonlashtirilgan maxsus rastalar hamda mahallalardagi ko‘chma savdo yarmarkalari orqali aholiga manzilli ravishda yetkazib borilmoqda.
“Ichki iste’mol bozorini piyozga bo‘lgan ehtiyojini kafolatli ta’minlash hamda narxlarning o‘sishini oldini olish maqsadida 1-aprelga qadar qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tn piyozning bozorlarga kiritish chora-tadbirlari belgilab olindi”, deydi Otajon Pirmonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yashil yo‘lak” tamoyili asosida o‘tgan 25 kunda jami 5 ming tn piyoz hududlararo intervensiya qilindi.
Yangiliklar lentasi
0