Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Ovoz o‘zgarishi qanday kasallik alomati – mutaxassis javobi

© Pixabay / DeagreezDevushka govorit. Illyustrativnoe foto.
Devushka govorit. Illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Otolaringolog: saraton kasalligi va gipoterioz kasalliklarida ovoz keskin o‘zgarishi mumkin
Ma’lumki, ovoz mexanik, gormonlar va yosh bilan bog‘liq omillarga qarab bir necha marotaba o‘zgaradi, masalan, odam keksayganda muskullari, terisi, shilliq pardalari va ovoz apparati zaiflashadi.
Biroq, otolaringolog Vladimir Zaysevning so‘zlariga ko‘ra, salomatlikda muammolar paydo bo‘lganda, jumladan, gipoterioz, saraton kasalligini rivojlanishi, tamaki mahsulotlarini chekishda ham ovoz keskin o‘zgarishi mumkin.
“Endokrin tizimida kuzatiladigan patologiya – gipoteriozda ovoz qo‘pollashadi. Ovoz paylarining yallig‘lanishi bilan ovoz xiralashadi yoki butunlay yo‘qoladi”, - deydi shifokor.
Agressiv muhitda ishlaydigan odamlarning ovozi ham o‘zgaradi chiqindi gazlar va do‘konlarda zararli ishlab chiqarish ovoz aloqalariga ta’sir qiladi. Onkologik kasalliklarda esa patologik o‘smalar halqumga bosim o‘tkazadi. Bu ham ovozning o‘zgarishiga olib keladi, deydi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0