O‘tgan yilda nechta telefon import qilindi?

Telefon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga mobil telefonlar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 73,8 mingtaga kamaygan.
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 million dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
O‘zbekistonga mobil telefonlar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 73,8 mingtaga kamaygan.
O‘zbekiston 2022-yil mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 2,2 mln. dona;
BAA – 247,5 ming dona;
Vyetnam – 217,9 ming dona.
Hindiston – 185,5 ming dona.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil boshida O‘zbekistonga olib kelinayotgan telefonlan soni o‘sishni ko‘rsatayotgan edi. Xususan yanvar-aprel oylarida xorijdan 976 645 dona telefon sotib olgan. Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 320 900 donaga ko‘p bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0