Namangandagi Norin darosi dambasiga zarar yetdi - video

© Namangan viloyati FVBNorin darosi
Norin darosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Norin darosining chap qirg‘og‘ining yemirilishi oqibatini bartaraf etish jarayonlari boshlandi - tafsilotlar.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Namangan viloyatidagi Norin darosi dambasiga zarar yetdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqda Norin tumanidagi Norin darosini tusib turadigan damba qulagani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, hozirda tumandan oqib o‘tuvchi Norin darosining chap qirg‘og‘ining yemirilishi oqibatini bartaraf etish jarayonlari boshlandi.
Jarayon to‘liq nazoratga olingan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari jalb qilingan.
Daroda maxsus texnikalar va mutaxasislar bilan birgalikda dambani mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.
© Namangan viloyati FVBNorin darosi
Norin darosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Norin darosi
Ma’lumot uchun, Norin darosi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga oqib keladi. Norin qor-muzlik suvlaridan to‘yinadi. Katta Fargona, Katta Andijon, Shimoliy Farg‘ona, Katta Namangan kanallari shu darodan suv oladi. Norin juda katta energiya zaxiralariga ega. Daroda Uch-qo‘rgon GES, To‘qtaqul GES qurilgan.
Yangiliklar lentasi
0