Jang lavhasi: Desantchilar diversion guruhni yo‘q qildi - video

Obuna bo‘lish
Rossiyalik desantchilar qo‘shinlarning orqa tarafidan aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan ukrainalik diversantlar guruhini yo‘q qildi.
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Havo-desant qo‘shinlari rossiyalik harbiylarning orqa qismiga kirmoqchi bo‘lgan ukrainalik diversantlarni yo‘q qildi.
"Rossiya qo‘shinlarining orqa tomoniga o‘tmoqchi bo‘lgan dushmanning diversion razvedka guruhi, desantchilar tomonidan dron va avtomatik granamot yordamida yo‘q qilindi”, — dedi agentlik manbasi.
Desantchining aytishiga ko‘ra, UQKlari ko‘pincha kichik diversion guruhlarini dushmaning orqa tomoniga o‘tkazishga harakat qiladi. Ularni aniqlashda termal kameralar va uchuvchisiz apparatlar yordam beradi.
"Nishonlarning issiqligi o‘rmon zonasi fonida darhol namoyon bo‘ladi, shuning uchun biz dushmanni aniqlay olamiz va unga aniqroq zarba beramiz. Dronlar dushmanni razvedka qilish, kuzatish va yo‘q qilish imkoniyatlarini bir necha bor oshiradi", -deb ta’kidladi rossiyalik jangchi.
Yangiliklar lentasi
0