Kolumnistlar

Gʻarb Kiyevga harbiy yordamni oshirib, oʻzi tuzoqqa tushdi yoki nega bu hayot-mamot jangi

© Foto : eur.army.milAmerikanskiye tanki M1A2 Abrams v Yevrope.
Amerikanskiye tanki M1A2 Abrams v Yevrope. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Gʻarbning Moskvaga boʻlgan strategiyasi "qurbaqani sekin qaynatish", yaʼni qarama-qarshilik darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish, aks holda Moskva qizil tugmani bosishi mumkin.
TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Qoʻshma Shtatlar va Yevropa davlatlarining Ukrainaga Gʻarbiy tanklar - Germaniyaning "Leopardlari", Amerikaning "Abrams"lari va Britaniyaning "Chellenjer"larini yetkazib berish haqidagi rasmiy bayonotlaridan bir necha soat oʻtgach, Politico keyingi qadam allaqachon muhokama qilinayotganini xabar qildi: Kiyevni zamonaviy qiruvchi samolyotlar bilan taʼminlash.
Manbalar jurnalistlarga aytishicha, Gʻarb “Rossiyaning keskin reaktsiyasini keltirib chiqarmaslik” uchun Kiyevga harbiy yordamni ataylab bosqichma-bosqich oshirib bormoqda. Ismi oshkor etilmagan diplomatlardan biri “Gʻarbdagi koʻplab davlatlar urushning birinchi bosqichida Ukrainaga ular bizdan soʻragan barcha jihozlarni yetkazib bergan boʻlsak, u holda Rossiyadan, jumladan, yadroviy jihatdan ham kuchli reaktsiya boʻladi, deb hisoblaydi”, deb tushuntirdi.
Demak, Gʻarbga xulosasiga koʻra, Rossiya ixtiyorida “kuchli reaktsiya” uchun faqat bitta vosita – yadro quroli bor. Bu halokatli boʻlganligi sababli, dunyo davlatlari undan foydalanishda oʻzini tiyib turadi. Bu "shoh"larning soʻnggi dalili boʻlib, boshqa hech qanday imkon qolmaganda undan foydalaniladi. Xullas, Gʻarbning Moskvaga boʻlgan strategiyasi "qurbaqani sekin qaynatish", yaʼni qarama-qarshilik darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish, aks holda Moskva qizil tugmani bosishi mumkin.
Bu hurmatga loyiq, juda malakali yondashuv. Ammo bir muammo bor: Rossiya ham xuddi shunday ravishda Gʻarbning oʻzini asta-sekin "qaynatmoqda" va bu jarayonda jiddiy muvaffaqiyatga erishdi.
Kiyevga tanklar yetkazib berish qaroriga hamroh boʻlgan NATO ichidagi mojarolar va janjallar umuman sahnalashtirilmagan. Gʻarbda voqealarning hozirgi rivoji u uchun qanchalik yomon va xavfli ekanini tushunadigan kuchlar yetarli.

Faqatgina "Germaniya tanklari Ukrainada ruslarga qarshi kurashadi" iborasi yevropaliklarning ham rossiyaliklarning ham milliy xotirasining chuqur qatlamlarini shu qadar tebratadiki, bu Ukraina mojarosida yangi sifat darajasida oʻzgarish keltirib chiqaradi.

Ammo gap faqat tanklarda emas. Ukraina Gʻarb uchun ideal gibrid urushga aylanishi kerak edi va bir vaqt u hatto urushga aylangandek tuyuldi. Ukrainaliklar - ajoyib askarlar, ularning hammasini oʻlimga joʻnatish mumkin. Shu bilan birga, NATOning xayolida ular faqat Ukrainaning oʻzida juda koʻp boʻlgan eski sovet texnikasida jang qiladi deb taxmin qilingan edi. NATO ularni razvedka maʼlumotlari va zamonaviy aloqa vositalari, yollanma askarlar va baʼzi moliyaviy yordam bilan taʼminlashi kerak edi.
Dastlabki rejaga koʻra, Ukrainada Moskva har tomonlama katta yoʻqotishlarga duchor boʻlishi kerak edi ham iqtisodiy ham harbiy. Keyin esa vayron qilingan hududlarni qoʻlga kiritishi kerak edi. Bundan tashqari, Ukraina gʻarbidagi Rossiyaga qarshi aholi doimiy sabotaj urushini olib borishi (albatta Yevropa va AQShning faol norasmiy yordami bilan) rejalashtirilgan edi.
Lekin maxsus harbiy operatsiyaning borishi ushbu rejalarni oʻzgartirib yubordi. Uning sekin harakatlanishi va Ukraina Qurolli Kuchlarining kuzgi hujum kichik muvaffaqiyatlari Gʻarb rahbariyatida Rossiyani harbiy yoʻl bilan magʻlub qilish mumkin degan ishonch uygʻotdi va ular bu fikrga ikki qoʻllab yopishib olishdi.
Ushbu qarorga Gʻarb hamma narsani tikdi va endi oʻz qarorining oqibatlarini kuzatmoqda.
Gʻarb Ukrainani toʻliq iqtisodiy qaramoqqa olishiga toʻgʻri keldi, uning iqtisodiyoti yoʻq boʻlgan edi. Jahon bozorlaridagi trillion dollarlik pufakchalar va qoʻl ostida dollar bosma mashinkasi borligini hisobga olganda bu unchalik katta xarajat emas. Lekin bunchalik koʻp milliardli xarajatlar Gʻarbning dastlabki rejalarga kiritilmagan edi. Oʻsib borayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida bunday ulkan qarz sezilarri boʻlib qolishi mumkin.
Hozir boʻlsa, sovet harbiy texnikasi namunalari tugadi, "Leopardlar", "Abramslar" va boshqa zamonaviy Gʻarb texnikasini Ukraina jang maydoniga olib kirish - har jihatdan yomon gʻoya: birinchi dan qimmat, ikkinchidan oʻz zahiralarini boʻshatish kerak va uchinchidan bu texnika mahalliy iqlim sharoitida oʻzini munosib koʻrsatishi dargumon. Agar hammasi yomon tugasa bu ishlab chiqaruvchilarning obroʻsiga va ularning biznes istiqbollariga kuchli zarba boʻladi. Yana bir muammo - malakali ukrainalik ekipajlarni tezda tayyorlash imkoni yoʻq boʻlgani uchun Gʻarb davlatlari Ukrainaga oʻzlarining "nafaqaxoʻrlarini" yuborishlari kerak. Bu bilan Gʻarbning Rossiyaga qarshi goʻyoki "proksi" urushi haqiqiyga aylanadi. Aftidan ularda hozircha bu variantning muqobili yoʻq.
Ayni damda Gʻarbda yana bir katta muammo paydo boʻldi - ukrainaliklar tugay boshladi. Bugun Ukraina boʻylab safarbarlikning yangi va yangi toʻlqinlari haqida maʼlumotlar kelmoqda, ammo mamlakatning safarbarlik zaxirasi tugashga yaqin qoldi. Mutaxassislar bir ovozdan yana 200-300 ming kishi toʻplanishi mumkinligiga ishonishadi, ammo bu oxirgisi. Boshqa yoʻq.
Bu shuni anglatadiki, bir necha oy ichida (yoz yoki kuzda) Gʻarb oldida katta muammo paydo boʻladi - Ukrainada uning uchun kurashadigan hech kim qolmaydi. Oʻshanda ular hozirgi "Leopardlar va Abramslar" haqidagi qaroridan ancha ogʻirroq qaror qabul qilishi kerak boʻladi: yo bir yarim yil oldingi Afgʻonistonni tark etgani kabi Ukrainada oʻz magʻlubiyatini tan olish va uni tashlab ketish yoki oʻz qoʻshinlarini rasman Rossiya bilan urushga joʻnatadi.
Muammo shundaki, Gʻarb oʻz magʻlubiyatini va Moskvaning gʻalabasini oʻzi uchun halokatli oqibatlarsiz tan ola olmaydi.
Rossiyada bir necha bor, jumladan, eng yuqori darajada ham hozirgi qarama-qarshilik Rossiya uchun hayot-mamot jangi ekani mamlakatning mavjudligi xavf ostida ekanligini aytdilgan edi.
Biroq, Gʻarb ham xuddi shunday holatda. U magʻlub boʻlgan taqdirda - bir qutbli dunyoning, global dollar tizimining umri tugaydi. Umuman Yer sharida Gʻarbning yarim ming yillik hukmronlik, eng rivojlangan, eng boy, eng qudratli, eng gullab-yashnagan davlatlar boʻlish davri oʻz yakuniga yetadi, resurslar va iqtisodiy jihatdan.
Xoʻsh, Gʻarb oʻz hukmronligi va yetakchiligini saqlab qolish va uzaytirish uchun nimalarga tayyor? Ehtimol hamma narsaga.
Oʻz najot vositasi sifatida hozir Gʻarb Rossiya ustidan harbiy gʻalabani tanladi. Endi Gʻarb tanlangan yoʻl boʻylab ketmoqda va tobora asabiylashmoqda, chunki voqealar ular kutgan, rejalashtirgan va xohlagandek rivojlanmayapti. Tez orada Gʻarb Vermaxt, meni kechirasiz, yaʼni Bundesver va NATOning boshqa qurolli kuchlari Rossiya armiyasi bilan. Ukraina jang maydonida yuzma-yuz uchrashuvga tayyormi yoki yoʻqmi degan savolga javob berishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0