BMT: Dunyoda yiliga 4 milliongacha kishi vabo yuqtirmoqda

© AFP 2023 / Lillian SuwanrumphaBolnoy xoleroy otdixayet v palate rayonnoy bolnisi Musa-Kala, Afganistan
Bolnoy xoleroy otdixayet v palate rayonnoy bolnisi Musa-Kala, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bu boradagi epidemiologik vaziyat ayniqsa, Afrikada yomon.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Dunyo bo‘yicha yiliga 1,3 milliondan 4 milliongacha kishi vabo kasalligini yuqtirib, ulardan 143 ming nafari hayotdan ko‘z yummoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu boradagi epidemiologik vaziyat ayniqsa, Afrikada yomon. Xususan, Malavi davlatida o‘tgan yildan beri vabo qurbonlari soni 1000 nafarga yetdi. 30 621 kishiga esa ushbu xavfli xastalik tashxisi qo‘yilgan.
JSST ekspertlarining tan olishicha, respublikada vabo epidemiyasi 20-yildan ortiq davom etmoqda. Biroq haligacha bunday antirekord ko‘rsatkich qayd etilmagan edi.
“Ayni paytda eng ko‘p o‘lim holatlari mamlakatning ikki yirik shahri — Lilongve va Blantirda kuzatilmoqda. Shu tufayli ta’lim muassasalari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, jamoat joylari, turarjoy mavzelari va savdo-sotiq majmualarida erkin harakatlanish cheklangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil noyabr oyida Malavi aholisi o‘rtasida ommaviy emlash kampaniyasini kuchaytirish uchun BMT tomonidan qariyb 3 million doza vaboga qarshi vaksinalar yetkazib berilgan va ular maqsadli ishlatilgan. Shunga qaramay, hozir mamlakatda kasallanishlar soni o‘sishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0