Bir oyda koronavirusdan o‘lim holatlari 13 foizga oshdi – JSST

© Sputnik / Ilya PitalevMeditsinskie rabotniki perevozat telo umershego
Meditsinskie rabotniki perevozat telo umershego - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
JSST tahliliga ko‘ra, 28 kun davomida xastalanish statistikasi undan avvalgi oyga nisbatan 25 foizga kamaygan bo‘lsa-da, bu davrda o‘lim ko‘rsatkichlari 13 foizga oshgani xavotirli holat.
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. 2022-yil 26-dekabrdan joriy yil 22-yanvargacha 11 million nafardan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Ulardan 55 mingdan ziyodi virus oqibatida vafot etgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yuzasidan oylik hisobotini e’lon qildi.
JSST tahliliga ko‘ra, 28 kun davomida xastalanish statistikasi undan avvalgi oyga nisbatan 25 foizga kamaygan bo‘lsa-da, bu davrda o‘lim ko‘rsatkichlari 13 foizga oshgani xavotirli holat. Shu bois tashkilot Yer yuzi aholisiga buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.
Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha qariyb 665 million kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ulardan 6,7 million nafardan ziyodi kasallik oqibatida vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0