Barcha aviachiptalarga bir kunlik chegirmalar e’lon qilindi - tafsilotlar

© SputnikPassajir derjit posadochniy talon v mejdunarodnom aeroportu "Zvartnos".
Passajir derjit posadochniy talon v mejdunarodnom aeroportu Zvartnos. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Chegirmadagi aviachiptalarni faqat bir kun 28-yanvar kuni soat 00:00 dan 23:59gacha maxsus qoidalar asosida sotib olish mumkin.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Uzbekistan Airways tashkil topganining 31-yilligi munosabati bilan faqat 28-yanvar kuni sotiladigan barcha aviachiptalariga 30% chegirma e’lon qildi.
Qayd etilishicha, chegirmadagi aviachiptalarni 28-yanvar kuni soat 00:00 dan 23:59gacha maxsus qoidalar asosida sotib olish mumkin.
Shunday qilib, chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi.
Aviatashuvlar muddati cheklanmagan. Bunda aviachiptani rasmiylashtirish amaldagi reyslar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
“Chegirma ekonom va biznes klass tariflarining barcha turlariga amal qiladi. Ushbu chegirmani boshqa chegirmalar bilan (bolalardan tashqari) qo‘llash taqiqlanadi”, deyiladi xabarda.
Chegirma Code Share reyslarida va savdo bitimlari doirasida e’lon qilingan tariflar uchun ham qo‘llanilmaydi.
Chegirma bilan chiqarilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob joriy chegirmani hisobga olgan holda chipta chiqarilgan sanada amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0