Kolumnistlar

AQShning Vyetnamdagi magʻlubiyati, "oʻziga choh qazishning" 50 yilligi

© Sputnik / V. KomarovVyetnamskaya voyna.
Vyetnamskaya voyna.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH va NATO mamlakatlari oʻtgan yetmish yil ichida Yer sharining turli nuqtalarida oʻz tashabbusi bilan uyushtirilgan harbiy mojarolarning birortasida gʻalaba qozonmagan. Eng sharmandali magʻlubiyatlaridan biri - Vyetnam urushidir.
TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Amerika qoʻshinlari 1964 yil avgustidan (Vyetnamning suvli hududlarida sodir boʻlgan provokatsiyadan soʻng) 1973 yil 27 yanvargacha bevosita mojaroda qatnashgan. 27 yanvar – yarim asr oldin xuddi shu kuni AQSH hukumati Parijda urushni toʻxtatish toʻgʻrisida bitim imzolagan. Amerikaliklar Janubiy Vyetnamdan eng soʻnggi kuchlarini mart oyi soʻnggida olib chiqqan. AQSH harbiy qoʻllovisiz qolgan Saygon rejimi 1975 yil 30 aprel kuni qulagan. Vashingtonning geosiyosiy falokatini mintaqadagi ittifoqdosh – Taybey “yoritib bergan”. U 1973 yil Tayvan orolidan Amerika harbiylarining chiqib ketishini talab qilgan edi.
AQShning Vyetnam Demokratik Respublikasi ishlariga harbiy aralashuvi sakkiz yildan ortiq davom etdi.
1965 yil kuzida mamlakat janubida harakatlangan partizanlar va AQSH armiyasi oʻrtasida keng qamrovli quruqlikdagi jangi boshlangan. AQShning Hindixitoydagi Qurolli Kuchlari soni uch yilda (1965 yildan) 185 ming “shtik”dan 543 minggacha yetgan. Urushda jami 2,6 mln “reynjer”, yoki har yili – AQSH armiyasi jangovar shaylik tarkibining 30%, dengiz piyodalari korpusining 66%, shuningdek, armiya aviatsiyasi vertolyotlarining 30%, taktik aviatsiya samolyotlarining 40%, oʻt ochuvchi aviatashuvchilarning 13% ishtirok etgan.
Harbiy harakatlar boʻlib oʻtgan yillar davomida amerikaliklar Vyetnamga xalqaro konventsiyalar bilan taʼqiqlangan napalm (yondiruvchi) va zaharlovchi moddalardan tashqari 7 mln tonna bomba tashlagan,. Partizanlarga qarshi kurashda AQSH armiya aviatsiyasi Vyetnam hududi ustidan gerbitsidlar va defoliantlar, jumladan, dioksin bilan "Agent Orange" sepib chiqqan.
AQSH davlat departamenti va Pentagonning strategik rejalariga koʻra, Hindixitoy yarimoroli 1960 yillar oʻrtasidan boshlab Amerikaning harbiy-siyosiy va iqtisodiy ekspansiyalarining sotsialistik mamlakatlardagi asosiy platsdarmi boʻlishi kerak edi. Urushni Janubi- Sharqiy Osiyoda boshlashgan, chunki mintaqani SSSR va XXR qarama-qarshiligi uchun kuchsiz deb oʻylashgan va Xitoyning Varshava kelishuvlarida boʻlmagani uchun aynan shu yerda boshlashgan. Amerikaning peshonasiga orzular chippakka chiqishi yozilgan ekan.
Vyetnam urushi natijalariga koʻra, AQShning qaytarib boʻlmas yoʻqotishlari 211 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, shuningdek, 9000 samolyot va vertolyotlar hamda koʻkka sovurilgan 352 mlrd dollarni tashkil etadi. Bevosita Vyetnamda 60 ming nafar askar va zobitlar oʻldirilgan yoki vafot etgan, 1700 nafar amerikalik bedarak yoʻqolgan. Qariyb 150 ming nafar Vyetnam veterani urushdan soʻng oʻz joniga qasd qilgan.

Gʻarb va Sharqning toʻqnashuvi

Amerika qoʻshinlari evakuatsiyasidan soʻng Saygon armiyasi yana “tinchlikka erishish operatsiya”sini tiklashga va shimoliy hududlarni bombardimon qilishga uringan. Yashin tezligidagi “Xo Shi Min” operatsiyasidan soʻng, 1975 yil aprelida Shimoliy Vyetnam qoʻshinlari Amerika qoʻgʻirchoqlari armiyasini tor-mor keltirgan, Janubiy Vyetnamni oʻz nazoratiga olgan va ikki respublikani yagona Sotsialistik Respublikaga birlashtirgan.
Gʻalaba va mustaqillikka Vyetnam 3,3 mln dan ortiq inson hayoti evaziga erishdi: janglarda 1,1 mln Shimoliy Vyetnam xarbiy xizmatchilari va partizanlari halok boʻlgan. 2 mln dan ortiq tinch aholi vakillari urush qurboniga aylangan.
AQShga nazorati ostida boʻlgan Janubiy Vyetnam armiyasi 250 ming nafar jangchisidan ayrilgan. 1966 yil AQShga satellit mamlakatlarning (CEATO bloki) Gonoluluda boʻlib oʻtgan konferentsiyasida Janubiy Vyetnamga: Janubiy Koreya – 49000 askar, Tailand – 13 5000, Avstraliya – 8000, Filippin – 2000, Yangi Zelandiya – 350 nafar jangchi yuborgan. Albatta, ushbu mamlakatlar amerikaliklarning 1973 yildagi sharmandali magʻlubiyatiga sherik boʻlgan. Bugungi kunda AQShning Yevropadagi ittifoqdoshlari va qoʻgʻirchoq Kiyev rejimining “donor mamlakatlari” bu haqida eslaydimi?
SSSR va Xitoy Shimoliy Vyetnam tarafga 1965 yilda oʻtdi. Moskva iqtisodiy, siyosiy va harbiy yordam koʻrsatdi - vyetnamlik oʻrtoqlar beminnat yordam sifatida 350 mln summada mablagʻ, qurollar va oʻq-dorilar, jumladan, 95 ta S-75 “Dvina” zenit raketa komplekslari, 7500 dan ortiq zenit raketalari, 687 ta tank, 316 ta MiG samolyotlarini qabul qilib olgan. Sovet mutaxassislari vyetnamlik jangchilarga texnikani oʻzlashtirishga yordam bergan. Sovet harbiy OTM larida 10 mingdan ortiq vyetnamlik harbiy xizmatchilar tahsil olgan. 1965 yil iyulidan 1974 yilgacha Vyetnamdagi janglarda SSSR Qurolli kuchlarining 11 mingdan ortiq askar va serjantlari, ofitserlari va generallari qatnashgan.
Hindixitoydagi muvaffaqiyatsiz avantyuradan soʻng ham Vashington oʻziga saboq chiqarmadi va oʻziga choh qazishda davom etdi. AQSH bir necha marotaba dunyoni oʻz qoidalari va manfaatlariga koʻra qayta tuzmoqchi boʻldi, uydirma bahonalar bilan Salvadorda, Livanda, Grenadada, Liviyada, Panamada, Yugoslaviyada, Afgʻonistonda, Iroqda, Liviyada, Suriyada, Yamanda, Kamerunda harbiy operatsiyalar olib bordi. Albatta, roʻyxat toʻliq emas, va unda amerikaliklar 2015 yildan buyon Vyetnam stsenariysini davom etayotgan Ukraina ham bor.
Yangiliklar lentasi
0