Zelenskiy Putin uchun ehtimoliy raqib bo‘lmay qolgan – Peskov

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya press-konferensii s prezidentom SShA Djo Baydenom v Belom dome 21-dekabrya 2022 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya press-konferensii s prezidentom SShA Djo Baydenom v Belom dome 21-dekabrya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Zelenskiy Donbass muammosini hal etmagani, Minsk kelishuvlarini bajarmaganini eslatdi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Vladimir Zelenskiy allaqachon Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ehtimoliy raqibi bo‘lmay qolgan, chunki u Minsk kelishuvlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan, buning o‘rniga urushga tayyorgarlik ko‘rgan. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Janob Zelenskiy qanday va’dalar bilan prezident etib saylanganini bilamiz. Ularni o‘zimiz eslash va Ukrainada uning uchun ovoz bergan saylovchilarga eslatish mutlaqo qiyin emas. U Donbass muammosini hal qilmadi, Minsk kelishuvlarini bajarmadi, bundan tashqari, ma’lum bo‘lishicha, u ularni bajarmoqchi bo‘lmagan, urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Shuning uchun aytish mumkinki, uning o‘zi allaqachon prezident Putin uchun ehtimoliy raqib bo‘lmay qolgan”, - dedi Peskov.

Avvalroq Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish va muzokaralar o‘tkazish uni “qiziqtirmasligini” aytgandi.
Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq qo‘ygan.
Yangiliklar lentasi
0